• TASDIQLAYMAN” Fakultet dekani M .B.Artikova “
  • 60110200 – Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 3-kurs bitiruvchi talabasi Murodova Muxtasar Xabibillo qizining
  • Qayddan o‘tkazildi № «
  • ANDIJON – 2024 MUNDARIJA KIRISH
  • II BOB. TARBIYACHINING KASBIY MAHORATI VA KOMPETENTLIGIGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA UNING RIVOJLANTIRUVCHI OMILLARI
  • UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR
  • Zero, Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida “maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish”
  • Andijon davlat pedagogika instituti




    Download 0,62 Mb.
    bet1/31
    Sana12.06.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #263037
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
    MAKTABGACHA PEDAGOGIKA KAFEDRASI
    Qo’lyozma huquqida

    TASDIQLAYMAN”
    Fakultet dekani
    M.B.Artikova 2024 yil

    HIMOYAGA QO‘YILDI”
    Kafedra mudiri
    M.Jo’raxo’jayev
    2024 yil



    60110200 – Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 3-kurs bitiruvchi talabasi Murodova Muxtasar Xabibillo qizining

    YANGICHA YONDASHUVLAR ASOSIDA BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM MUTAXASISLARIDA KASBIY VA KREATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH”


    mavzusidagi


    BITIRUV MALAKAVIY ISHI



    Qayddan o‘tkazildi

    « » 2024 yil




    Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi Ilmiy rahbar: (PhD) v.b. dotsent I.A.Oxunov



    ANDIJON 2024

    MUNDARIJA


    KIRISH………………………………………………………………….3
    I BOB. HOZIRGI ZAMON TARBIYACHISIDA KASBIY MAHORAT VA KOMPETENTLIKNING ZARURIYATI
    1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi faoliyati………………..10
    1.2. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy kompetentsiyasi....................................................................................................21
    1.3. Kreativ yondashuv – tarbiyachi ijodiy faoliyatini rivojlantirishning muhim sharti sifatida…………………………………………………………....27
    II BOB. TARBIYACHINING KASBIY MAHORATI VA KOMPETENTLIGIGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA UNING RIVOJLANTIRUVCHI OMILLARI
    2.1 Pedagogik innovatsiya va uning tarbiyachi faoliyatida tutgan o’rni……33
    2.2. Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kasbiy va kreativ qobiliyatni shakllantirishning mavjud holati……………………………………...51
    2.3. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining pedagogik faoliyatida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash……………………………..61


    UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR.......................................69
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI ………………...71
    KIRISH
    Muammoning dolzarbligi. Zamonaviy sharoitda mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bо‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta’lim-tarbiya tizimi yaratildi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda ham jadal davom etmoqda, mustaqil fikr, intellektual jihatdan rivojlangan, о‘z dunyoqarashiga ega bо‘lgan kelajak avlodni tarbiyalash har doimgidek dolzarb bо‘lib qolmoqda. Ayniqsa, dunyo taraqqiyoti shiddati, unda kechayotgan voqealar rivoji barcha sohalar kabi ta’lim-tarbiya jarayoniga ham yangicha yondashuv, innovatsiyalarni tatbiq etishni taqazo etmoqda. Avvalo bu, о‘quv dasturlari, darsliklar, metodikalarni yanada takomillashtirish, tarbiyachi-pedagoglar saviyasini muntazam oshirib borish, jarayonga eng zamonaviy va ilg‘or axborot hamda ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq muammolarda kо‘rinmoqda.
    Respublikamizda ta’lim tizimini, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilg‘or texnologiyalar asosida tarbiyalash va ijtimoiylashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, sо‘nggi yillarda tarbiyachilar va ular kasbiy mahoratini oshirish hamda sifatli ta’limga bо‘lgan ehtiyoj dunyo miqyosida keskin orta boshladi. Shunday ekan tarbiyachilarni har tomonlama о‘z kasbining bilimdoniga aylantirish, о‘quv-tarbiya ishlari jarayonining mazmunini hamda shaklini yangilash orqali ta’lim samaradorligini oshirishga erishish dolzarblik kasb etadi.
    Zamonaviy sharoitda kasbiy mahoratni rivojlantirish jarayoni tarbiyachining faol о‘quv va kognitiv faoliyatini, motivatsiyasini, tashkiliy madaniyatini, kasbiy о‘ziga xosligini, shaxsiy fazilatlarini rivojlantiradigan va tarbiyachining kasbiy vakolatlarini rivojlantirish uchun individual yо‘nalishlarni yaratishga imkon beradigan о‘qitish texnologiyalari orqali maqsadga muvofiq amalga oshiriladi.
    Ta’limning asosiy maqsadi yoshlarni о‘zgarib borayotgan mehnat bozori talab qiladigan, rivojlanayotgan innovatsion iqtisodiyotda faol ishtirok etadigan va о‘z turmush darajasini, aholi farovonligini ta’minlaydigan, malakali va ijtimoiy kо‘nikmaga ega bо‘lgan yetuk inson darajasiga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirishda innovatsion yondashuvlar, jumladan, innovatsion ta’lim muhim omil bо‘lib xizmat qiladi. Bu borada respublikamizda qator ta’limiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Birgina “О‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi Farmonda ham “...maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; ...maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish” kabilar ustuvor vazifa sifatida belgilab qо‘yilgan.1
    Ma’lumki, muayyan faoliyatni doimiy ravishda tashkil etish shaxsda ma’lum kо‘nikmalarni hosil qiladi. Kо‘nikmalar esa faoliyatni izchil davom ettirish jarayonida malakalarga aylanadi. Shakllangan malaka esa shaxs tomonidan faoliyatning tezkor, sifatli, samarali kechishini ta’minlaydi. Faoliyatda samaradorlikka erishish insoniyatni qay darajada qiziqtirib kelgan bо‘lsa, uni tashkil etayotgan shaxsning kasbiy rivojlanishi orqali malakaga ega bо‘lishi ham shunday dolzarblik kasb etgan. Kasbiy malakaga, mahoratga ega bо‘lish ijtimoiy, shu bilan birga shaxsiy ahamiyatga egadir. Shu sababli kadrlarning kasbiy malakalarini rivojlantirish ta’lim tizimining muhim yо‘nalishi bо‘lib kelgan. Malaka va kasbiy rivojlanish, avvalo, maxsus bilim, sо‘ngra uzoq vaqt qayta-qayta takrorlanadigan mashqlar tufayli egallanadigan tajriba va kо‘nikmalarning ongli ravishda aql-idrok hamda tafakkur chig‘irig‘idan о‘tkazilgan holda mujassamlashuvi hisoblanadi.
    Demak, kasb mahoratiga va malakaga ega bо‘lmagan tarbiyachilar yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bо‘lmaydilar. Tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirishni, eng avvalo, ularni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, mavjud kо‘nikma hamda malakalarini takomillashtirish, shuningdek, ma’naviy-axloqiy sifatlarini boyitish sifatida tushunish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda rо‘y berayotgan tezkor о‘zgarishlar mavjud bilimlarni doimiy ravishda boyitib borish, kо‘nikma va malakalarni takomillashtirishni taqozo etadi. Shu sababli har bir mutaxassis о‘z ustida ishlashi, bilim va malakalarini uzluksiz oshirib borishi lozim. Shuning uchun ham “respublikamiz ta’lim tizimida faoliyat kо‘rsatayotgan tarbiyachi-pedagoglarni kasb mahoratini oshirish, malaka oshirish kurslarida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bо‘yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirish – uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda о‘qitishning hozirgi zamon tizimlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalari asosida hamda ilg‘or tajribalardan foydalanib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir”.2
    Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi. Zero, Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida “maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish” 1 maqsad sifatida belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash kabi vazifalar belgilangan.
    Bu borada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining jismonan baquvvat, aqlan rivojlangan, kreativ fikrlaydigan qilib tarbiyalash va bunga doir pedagogik tizimni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
    Demak, hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir.
    Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi.
    Zero, tarbiyachi avvalo, bilimli bo’lishi, o’zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda.

    Download 0,62 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat pedagogika instituti

    Download 0,62 Mb.