|
II BOB. TARBIYACHINING KASBIY MAHORATI VA KOMPETENTLIGIGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA UNING RIVOJLANTIRUVCHI OMILLARI
|
bet | 14/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИII BOB. TARBIYACHINING KASBIY MAHORATI VA KOMPETENTLIGIGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA UNING RIVOJLANTIRUVCHI OMILLARI
2.1. Pedagogik innovatsiya va uning tarbiyachi faoliyatida tutgan o’rni.
Tarbiyachi faoliyatida pedagogik innovatsiyalarning turgan o’rni va ahamiyatini yoritishdan avval innovatsiya o’zi nima va qanday jarayon ekanligi haqida fikr yuritishni joiz deb topdik.
Innovatsiya - yangilik: g’oya, aniq bir shaxs uchun yangilik, vosita (yangi metod). Innovatsiya:
1) yangilanish, o’zgarish;
2) biror-bir yangilikni kiritish;
3) yangilikni o’zlashtirish jarayoni.
Innovatsiya (inglizcha innovation – yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini o’z ichiga oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish).
Pedagogik yangilik – pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo’lgan o’zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir.
Innovatika – yangilikni yaratilish qonuniyatlarini o’zlashtirishni va targ’ib-targ’ibotini o’rganadigan fan.
Innovatsion jarayon – yangilikning kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimni yangi ko’rsatgichlarga muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlovchi o’zgarishdir. Innovatsion o’zgarishlarga tayyorgarlik ko’rish va uni amaliyotga kiritish jarayonidir.
Innovatsion pedagogik g’oya – tizimlashtirilgan pedagogik g’oyalar; o’quv jarayoni bashorat etilishi, ma’lumotlar to’plami.
|
| |