|
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar
|
bet | 4/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИMutaxassislikka qaratilgan malakalar. Tarbiyachi vazifasiga bolalarni maktabgacha yoshgacha bо‘lgan tarbiyasi, bilimi bilan belgilangan qoidalar asosida ishlab boradi. Bunga о‘qish, tasviriy faoliyat, tabiat va og‘zaki nutq bilan shug‘ullanish kabilar kiradi. Mutaxassis diqqatni bir joyga jamlovchi, mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi, nutqni о‘stiruvchi va etika-estetikani rivojlantiruvchi о‘yinlar, turli xil qiziqarli topshiriqlar bilan bolalarni mashg‘ul qiladi. Bolaning sog‘ligi va hayoti uchun javobgar shaxs hisoblanadi.
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, о‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bо‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgо‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, о‘simlik va hayvonlarga g‘amhо‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Tarbiyachi о‘z kasbining mohir ustasi bо‘lish uchun maxsus tayyorgarlik kо‘rishi va quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, adabiyotlarni tanlay oladigan, tadqiqot olib boradigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini о‘rganib, о‘z ishiga tadbiq eta oladigan bо‘lishi;
bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarni tо‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi;
kerakli bilim, kо‘nikma, malakalardan xabardor qilish uchun nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bо‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, kо‘nikmalrini yaxshi о‘zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;
о‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda о‘sha faoliyatga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini о‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qо‘yishi;
kun tartibini tо‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi;
bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarda e’tiborga olishi;
ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar о‘tkazib, axborot almashib turishi;
bolalarga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bо‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bо‘lsa ovuntira olishi;
kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishlarini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yо‘llarini topishi kerak.
Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini tо‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar. Bunda ularga pedagogik mahorat asqotadi.
Tarbiyachilik qobiliyatini haqiqatdan ham yuqori darajada egallagan tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonini gо‘yo chetdan kuzatib turgandek kо‘rinadi aslida esa u bu jarayonni boshqarib beradi.
Buyuk grek faylasufi Suqrot о‘sha davrlardayoq mutaxassis tarbiyachilarni “fikr akusherlari” deb nomlagan edi. Tayyor haqiqatni e’lon qilish emas, balki bolalar ongida yangi fikr tug‘ilishini ta’minlash zarur.
Olib borilgan tadqiqotlarning kо‘rsatishicha tarbiyachi ta’lim jarayonini qanchalik chuqur, oqilona, bilimli boshqarsa, shunchalik xato kam va shunchalik katta natijalarga erishish mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishdagi tarbiyachining birinchi vazifasi – maqsadni belgilanganlikdir. Maqsad esa pedagogik faoliyatda tayanch omildir. U tarbiyachi va bolalarning umumiy harakatini ma’lum yо‘nalishga boshqarib boradi. Bu esa о‘z о‘rnida kutilgan natijaga yetaklaydi. Boshqarish jarayonining mohiyati ana shundan iboratki, pedagogik jarayon ishtirokchilari harakatlarini muvofiqlashtirib turadi. Ta’lim jarayonini boshqarish avvalombor bolalar bilimiga asoslanadi, tarbiyachilarning tayyorlanganlik darajasi, imkoniyatlari, tarbiyalanganliklari, rivojlanganliklari kabilar. Bunga bolalarning jismoniy, ruhiy rivojlanganliklari, aqliy va axloqiy shakllanganlik darajalari guruh sharoiti, oila tarbiyasi va boshqa shu kabilar kiradi. Bularni ya’ni bu vazifalar tashxis qо‘yish metodi orqali amalga oshiriladi. Bularni о‘rganmasdan, bilmasdan tarbiya maqsadlarini unga erishish, usullarini amalga oshirib bо‘lmaydi. Insonni har tomonlama tarbiyalash uchun pedagogika insonni barcha munosabatlarida bilish lozim.
Hozirgi davrda maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qо‘ymoqda. Maktabgacha ta’lim tashkiloti yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirish, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilish, mehnatga ongli munosabatni tarkib toptirishga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni hal qilishda tarbiyachii muhim rol о‘ynaydi. Chunki u bir guruh sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.
Tarbiyachiining tarbiyalovchilik va ta’lim berish borasidagi ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:
1. О‘ziga biriktirilgan guruhdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg‘iz emas, ota-onalar, metodist, psixologlar bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda bolalarda milliy dunyoqarashni shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. Bolalarni turli bayram tadbirlarini tashkil etishga yо‘naltiradi va guruh jamoasini mustahkamlaydi.
2. Bolalarning bilim olishga bо‘lgan qiziqiish va qobilyatini о‘stirish har bir bolaning indivudial-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yо‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish tarbiyachiining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir bolaning sog‘ligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi.
3. Tarbiyachiining diqqat markazida bolalarning bilimlarni yuqori darajada о‘zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir bolaning kundalik о‘zlashtirishida voqif bо‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga о‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Guruhdagi bolalarni о‘z-о‘zini boshqarish ishlariga yо‘naltiradi, ular ishtirokida guruh jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, tashkilot miqyosida uyushtirilayochtan muhim tadbirlarda о‘z guruhining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Guruh bolalarining ota-onalari, hamkor tashkilotlar bilan yaqin aloqa о‘rnatadi.
6. Tarbiyachii ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan tashkilot о‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Tarbiyachii о‘z guruhidagi turli hujjatlarni, bolalarning shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Kо‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish tarbiyachiining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Tarbiyachiining shaxsiy sifatlariga qо‘yiladigan talablar tarbiyachiga qо‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, tarbiyachii asosiy figura, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bо‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol о‘ynaydi.
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog‘liq. Buning uchun tarbiyachii fan yangiliklarini muntazam, egallab borishi bilan о‘zining bilimini, ongini oshiradi.
Tarbiyachiining axloqiy obrо‘si g‘oyat darajada yuqori bо‘lishi ham bu о‘rinda muhimdir. Tarbiyachii ana shundagina tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatishga ega bо‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi bolalar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Tarbiyachii uchun malaka va kо‘nikmalarga ega bо‘lishni о‘zi yetarli emas. U о‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, о‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir о‘gkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda kо‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan kо‘ngil qо‘yish, bolalarga bо‘lgan cheksiz, muhabbat muomala nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bо‘lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qо‘shimcha ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi tarbiyachiining asosiy qurolidir.
Tarbiyachidan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bо‘lish, о‘z muomalasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, tarbiyachining о‘zi bolalarni tarbiyalamoqchi bо‘lgan g‘oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bо‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning kо‘pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qо‘yilayotgan talablar tarbiyachi harakterida hamisha ham namoyon bо‘lavermasligidadir.
Tarbiyachining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna kо‘rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqta u kommunikativ qobilyatga ega bо‘lishi, rо‘y berayotgan voqea va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog‘lab baholashgina emas, balki rо‘y berishni sababiga qarab hukm ham chiqarishni, ijod qilish qobilyatiga ega bо‘lishi kerak. Tarbiyachii tashkilotdagi eng yetuk pedagog hisoblanib, u bajaradigan mehnatining о‘lchovi, chegarasi yо‘q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bо‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg‘araz, xolis shaxs bо‘lib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Tarbiyachi maktabgacha ta’lim tashkilotiga ota-onalarni о‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarining nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirish, о‘zaro aloqalarning tо‘g‘ri bо‘lishiga ta’sir о‘tkazish va ayni vaqtda о‘zining о‘rnini aniq ta’minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar tarbiyachiining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bо‘ladi. Tarbiyachii bolalarga puxta bilim berishga, ularni fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g‘amxо‘rlik qilib boradi. Hatto о‘zlashtirish yuqori bо‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bо‘lgan qiziqish va muhabbatni о‘stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilish zarur. “Ta’lim-tarbiya tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarning muammolariga nisbatan tarbiyachilarning munosabatlari asosan oddiy, vaziyatli xarakterga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari aksariyat hollarda bolalarning tashqaridan namoyon bо‘lgan xatti-harakatlari va bajargan ishlariga juda oddiy, tezkor kо‘mak tarzida yordamlashish bilan cheklanadilar. Bu jarayonda ularni intellektual jihatdan rivojlantirishga e’tibor qaratmaydilar”.3 Buni oldini olish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqori о‘zlashtirishga erishishga о‘quv, didaktik masala sifatida muassasaning ta’lim-tarbiyani tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yishga bog‘liq bо‘ladi. О‘qish jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, diqqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli о‘zlashtirishga yordam beradi.
Tashkilotda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi tо‘g‘ri va bevosita guruhda о‘zlashtirishni kо‘tarishga ta’sir etadi. Tarbiyachii bolalarni о‘qishga ongli munosabatda bо‘lishga о‘rgatadi.
Bolalarning о‘zlashtirishini nazorat qiladi, kuzatadi va о‘quv ishlarining sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi va bu borada quyidagi jihatlarga e’tibor qaratadi:
|
| |