• Haq yо‘lida kim senga bir harf о‘qitmish ranj ila, Aylamak b о‘ lmas ado oning h a q in yuz ganj ila.
  • О‘qish jarayonida о‘rtoqlariga yordam berishni uyushtirish




    Download 0,62 Mb.
    bet6/31
    Sana12.06.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #263037
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ

    5.О‘qish jarayonida о‘rtoqlariga yordam berishni uyushtirish. О‘rtoqlariga о‘zaro yordam kо‘rsatish guruhda dо‘stlik va bir jamoa bо‘lib shakllanishiga olib keladi.
    Bolalar jamoasi – tarbiyachining tayanchi. Bolalarni tarbiyalashda guruh jamoasidagilarning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Ularning bir-biriga kо‘rsatadigan о‘rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga, ularni xulq madaniyatini, odatini, kо‘nikmasini hosil qiladi.
    Tarbiyachii bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul harakat qilishni о‘rgatishi lozim.
    Alisher Navoiy «Mahbub-ul-qulub» asarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, axloq-odob talablarini kо‘rsatadi. Tarbiyachi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar va ta’lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini sevishi kerak deydi. Tarbiyachi jamiyatda obrо‘li va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e’zozlashlari zarurligini uqtiradi.
    Navoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir nechta guruh jamoasini tashkil etadi va ilmu-adab о‘rgatadi. Bu jarayonda tarbiyachii kо‘p mashaqqatlarga duch keladi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi:
    Haq yо‘lida kim senga bir harf о‘qitmish ranj ila,
    Aylamak bо‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
    Tarbiyachi bolalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalar ekan, u о‘z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:

    • tarbiyachii bolaning ota-onasi mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim;

    • bolalarga ahloqiy meyorlarni о‘rgatishi kerak;

    • gerdayishi, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik kabi illatlar tarbiyachi axloqiga yod sifatlardir;

    • xalq nazarida olim hisoblanadigan tarbiyachilar yomon ishlardan, fisqu-fasoddan о‘zlarini tiya bilishlari zarur.

    Tarbiyachining ota-onalar bilan tо‘g‘ri muomala qila olishi murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning kо‘pchiligiо‘rta yoki oliy ma’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televidinie, radio orqali kо‘pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar. Shunday vaziyatlar ham bо‘ladiki, о‘g‘il yoki qiz bola muassasada о‘zboshimchalik qiladi, lekin oilada xushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qо‘pol, о‘zboshimcha, muassasada esa о‘zini xushmuamola, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab vatо‘g‘ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bо‘lishi mumkin. Demak, tarbiyachii va ota-onalarning maqsadlari bir hil bо‘lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bо‘lmaydi. “Shuning uchun ham bolani maktabgacha ta’limda tarbiya qilar ekanmiz, “u hech narsani bilmaydi”, “u hali yosh”,“uhali bu narsalarning farqiga bormaydi” deb о‘ylash katta xatolikdir. Bolani maktabgacha ta’lim-tarbiya yoshidayetarlicha tarbiyalab borilsa, kelajakda vatanimiz ravnaqi uchun yetarli hissa qо‘shgan bо‘lamiz”.4
    Tarbiyachining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, harakter va xulq-atvorida о‘z aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bо‘lmaydi, balki tarbiyada о‘tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bо‘lib, buning uchun ajratilgan vaqtni tо‘ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda tо‘la qimmatli tarbiya yо‘q va bо‘lishi ham mumkin emas. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog‘liq bо‘lib, bu talablar о‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni о‘qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy ahloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
    Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, tarbiyachining muhim vazifalaridan biri bolalarda ma’naviy-ahloqiy ongni bir maqsadni kо‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor kо‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Tarbiyachi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi kerak:
    1) tug‘ilib о‘sgan joyiga, О‘zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuyg‘ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari tо‘g‘risida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo sivilizitsiyasiga qо‘shgan hissalari tо‘g‘risida kо‘proq bilishga intilishni tarbiyalash;
    2) Vatanimizning boy tarixi, shuningdek boshqa mamlakatlar tо‘g‘risida, tinchlik uchun kurash haqida, chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish;
    3) bolalarda о‘rtoqlik tuyg‘usini, boshqalarga yordam kо‘rsatish ishtiyoqini, umumiy foyda yо‘lida birgalikda faoliyat kо‘rsatishga intilishni tarkib toptirish. О‘g‘il va qiz bolalar о‘rtasida dо‘stona munosabatlarni rag‘batlantirish, sohta о‘rtoqlik kо‘rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim;
    4) о‘z sо‘zi va va’dasi uchun, tarbiyachi va guruh topshiriqlarining bajarilishi uchun ma’suliyat tuyg‘usini tarbiyalash;
    5) bolalarda kishilarga tо‘g‘ri munosabatni, keksalar, bemorlar, nogironlarga nisbatan e’tibor va g‘amhо‘rlikni, xushfe’l va betartib, kamtar va haqgо‘y bо‘lishini tarbiyalash.
    Bolalarni kishilarning yaxshi va yomon xatti-harakatlarini farqlay olishga, о‘z xatti-harakatlariga va о‘rtoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho berishga о‘rgatishi hamda о‘z kuch g‘ayratini bolalarda nopoklik, adolatsizlik, kishilarga rahm-shafqatsiz bо‘lishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib topshtirishga qaratishi kerak.
    Bolalarni tarbiyalash о‘qitishga qaraganda ancha qiyin degan fikrni bolalar orasida tez-tez eshitish mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bо‘lgani holda, о‘zining xususiyatlariga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya о‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashni barcha protsesslarini bilim berish va о‘rgatish bilan birga qamrab oladi. Bunday ikkita о‘zaro bog‘langan tomon: hayotni bilish va unga bо‘lgan munosabatni tarkib toptirish jarayonlari ajralib turadi. Hayotni bilish ma’lumot olishning asosiy funksiyasi, unga bо‘lgan munosabatni tarkib toptirish tarbiyaning asosi, vazifasini tashkil etadi.



    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘qish jarayonida о‘rtoqlariga yordam berishni uyushtirish

    Download 0,62 Mb.