«Guruhlarga bo‘linish» usuli




Download 0,62 Mb.
bet28/31
Sana12.06.2024
Hajmi0,62 Mb.
#263037
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ

«Guruhlarga bo‘linish» usuli. Bu usulda bolalar turli topshiriqlarni bajarish jarayonida hamkorlikda ishlashga, yaxshi o‘zlashtirgan bola past o‘zlashtirgan bolalar bilan birgalikda ishlashga o‘rganadi. Mashg‘ulot jarayonida bolalar tomonidan biror bir vazifani bajarishda ularni kichik guruhlarga bo‘lib olish zarur bo‘lib qoladi. Shunda ularni turli usullar bilan guruhlarga bo‘lish mumkin. Masalan: guruhlarga bo‘linishning oddiy usuli, ikki o‘rinli birinchi stol atrofida o‘tirgan bolalarning ikkinchi stol atrofida o‘tirgan bolalar tomoniga burilib o‘tirib olishi, uchinchi stol atrofidagi bolalar esa to‘rtinchi stol atrofidagi bolalarga qarab o‘tirib olishadi. Shunday qilib bolalar bir nechta guruhlarga bo‘linadilar.
Guruhga bo‘linishning boshqa usuli: tarbiyachi bolalarda bir nechta (bu bolalarning tarbiyachi tomonidan nechta guruhga bo‘linishni istashiga bog‘liq) bir nechta uy hayvonlarining bolalari nomini aytishni so‘raydi. So‘ngra shu nomlar bilan har bir bolani nomlab chiqadi. Har bir bola nomi aytilgan hayvoncha nomini eslab qolishi kerak. Tarbiyachi har bir boladan nomi aytilgan hayvonchalar tovushini chiqarib, o‘sha guruhini topishini so‘raydi. Masalan: «me, me..», mushukchalar «miyov, miyov..» va hokazo. Shu usulni «Ilk iqtisodiy ta’lim saboqlari» mashg‘ulotining «Mahsulotlarni ishlab chiqarish» mavzusida ham qo‘llash mumkin.
Magnit doskasiga (yoki stol ustiga) paxta rasmi yopishtiriladi (qo‘yiladi). So‘ng tarbiyachi stol ustiga turli rasmlar qo‘yadi. Bu rasmlar ichida paxtaga umuman taalluqli bo‘lmagan rasmlar ham bo‘lishi mumkin. (masalan: atirgul, ruchka, pufak, ninachi, olmaxon, sovun, yog‘, mato, ip, qog‘oz, bint, bo‘yoqlar, lak) So‘ngra tarbiyachi bolalarga: - «Bolalar, stol ustiga qo‘yilgan rasmlar ichidan faqatgina paxtadan olinadigan mahsulotlar tasvirini ajratib, paxta atrofiga joylashtiring» , – deb vazifa beradi. Bolalar paxta atrofiga undan olinadigan mahsulotlar rasmini yig‘a boshlaydilar. Paxta atrofidagi rasmlar nimalarni bildirishini aniqlab, ularning har biri atrofida ham xuddi shunday rasmlar terishi mumkin. Masalan: «Mato» atrofiga, matodan tikilgan buyumlar rasmini terish mumkin, ya’ni o‘g‘il bolalar va qizlar ko‘ylagi, bolalar va kattalar uchun turli xildagi kiyim-kechaklar rasmi..
Bu usul juda qulay bo‘lib, bolalarning fikrlash doirasini kengaytirishga, oz fursatda ko‘p ma’lumot yig‘ishlariga, bir-birlari bilan munozara uyushtirgan holda vazifani bajarishga undaydi. Yuqoridagi vazifalardan tashqari boshqacha topshiriqlarni mujassam etgan rasmlardan ham foydalanish ham mumkin. Ushbu mashg‘ulotni olib borishda noan’anaviylikdan foydalangan holda «Iqtisod olamiga sayohat» o‘yinini tashkil qilib mashg‘ulot o‘tkazsa ham bo‘ladi. U quyidagicha o‘tkaziladi:

Download 0,62 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 0,62 Mb.