|
«Iqtisod olamiga sayohat» o‘yini
|
bet | 29/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ«Iqtisod olamiga sayohat» o‘yini
Kerakli jihozlar: Turli rangda (qizil, sariq, yashil) yozilgan sonlar yo‘lakchasi, shartli ravishdagi banklar (rasmi yoki maketi) «Ilk iqtisod saboqlari» dasturi asosida tuzilgan test banklari.
O‘yin sharti: o‘yinda 3-6 nafar bola ishtirok etishi mumkin. Qur’a tashlanadi, agar qur’adagi son yo‘lakchadagi sariq rangdagi raqamga to‘g‘ri kelsa, bolaga test savoli beriladi (yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan topshiriqlardan foydalangan holda). Bola savolga javob bersa, yo‘lni davom ettiradi, javob bermasa, o‘yinni keyingi ishtirokchi davom ettiradi. Agar qur’adagi son yo‘lakchadagi qizil rangdagi raqamga to‘g‘ri kelsa, bu «Bonkrot» (inqiroz) degan ma’noni anglatadi, ishtirokchi orqaga qaytishi kerak. Agar qur’adagi son yo‘lakchadagi yashil rangdagi raqamga to‘g‘ri kelsa, unda bola biror bir bankka tashrif buyurgan bo‘ladi. Bu holda bolaga savol beriladi, agar bola bu savolga javob bersa, unga u tushgan bankning imtiyozi beriladi. Agar javob bermasa, bola imtiyoz olmay yo‘lni davom ettiradi.
Banklarning imtiyozlari quyidagicha:
1. Asaka bankining imtiyozi: «Sizga avtomobil xarid qilish uchun imtiyozli kredit beriladi»
2. Paxta bankining imtiyozi: «Siz qishloq xo‘jaligi uchun transport vositalarini imtiyozli kredit bilan sotib olishingiz mumkin»
3. Ipoteka bankining imtiyozlari: «Sizga uy sotib olish uchun 20 yil muddatga kredit beriladi»
4. Milliy bankning imtiyozlari: «Sizning mablag‘ingiz valyutaga almashtirilishi mumkin»
5. Tadbirkor bankining imtiyozlari: «Sizga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun uch yil muddatga foizsiz kredit beriladi»
6. Turon bankining imtiyozlari: «Siz bankimizga mablag‘ qo‘ysangiz mablag‘ingiz yuqori foiz bilan ko‘payadi»
7. Xalq bankining imtiyozlari: «Bu bankda siz plastik kartochka ochishingiz mumkin.
O‘yin shu tarzda olib boriladi.
“Kim tezkor topag‘on o‘yini.” O‘yin shartlari; tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni teng bir nechta guruhlarga bo‘lib oladi. So‘ng guruhlarga nom tanlanadi va guruhlarga tarbiyachi “Aqliy hisoblash uskunasi”dan foydalangan holda guruhlarga bir nechta misollarni 13 – =7 yoki 15 + =18 shunga o‘xshash misollar ko‘rsatib murojat qiladi. Qaysi guruh 1- bo‘lib to‘g‘ri javob aytsa shu guruh 5 balni qo‘lga kiritadi. O‘yin shu tariqa davom etadi. Qaysi guruh 1- bo‘lib 50 ball to‘plasa shu guruh g‘olib bo‘ladi.
“Taqqoslash o‘yini” O‘yin shartlari tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni teng 2 guruhga ajratib oladi va guruhlarga nom tanlanadi. So‘ng tarbiyachi guruhning har bir ishtirokchisiga taqqoslashga doir turli xil misollar beradi. 1 tadan misollarni taqqoslash amali orqali savol bilan murojat etadi. Qaysi guruh birinchi ishlasa shu guruh 1 balni qo‘lga kiritadi. O‘yin shu tariqa davom etadi. Qaysi guruh 15 bal to‘plasa shu guruh g‘olib hisoblanadi.
“O‘rnini top o‘yini” O‘yin shartlari tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni teng bir nechta guruhlarga bo‘lib oladi va guruhlarga nom tanlanadi. So‘ng tarbiyachi Aqliy hisoblash uskunasida raqamlarni oralatgan holda kubikchalarni yoki yozuvlarni aks ettiradi va guruhlarga raqamlarni qolgan qismini topishlari kerak bo‘ladi. Qaysi guruh birinchi bo‘lib bajarsa o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
|
| |