|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 30/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИUMUMIY XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va tadqiqot natijalariga tayangan holda quyidagi xulosalarga kelindi:
Yosh avlodni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bо‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar о‘qitish shakllarida foydalaniladigan ta’lim qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qо‘llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi – О‘zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlaming davomchisi bо‘lgan murg‘ak qalblar ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, tarbiyachining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning tarbiyalanuvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar о‘rtasidagi obrо‘- e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bо‘lishi shart.
Yuksak pedagogik mahoratga ega bо‘lgan tarbiyachi bolani tushuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bо‘lishi, har qanday pedagogik vaziyatni tо‘g‘ri baholashi, yuzaga kelishi ehtimoli bо‘lgan ziddiyatlarni о‘z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda hamisha ilg‘orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g‘oyalarni hayot bilan boglay olishi lozim.
Ilg‘or tajribaga ega tarbiyachilar о‘qitish metodlarini tanlashga alohida e’tibor beradilar. Tarbiyalanuvchilarning yakka, guruhiy tartibdagi faoliyatlilarining umumiy jihatlari kо‘proq bо‘lsada, ularni tashkil etish tarbiyachidan о‘ziga xos ijodiy yondoshishni talab qiladi. Tarbiyachilik faoliyati obyektining tarkibi va о‘ziga xosligi uning har bir aniq vaziyatga ijodiy yondashishini taqozo qiladi. Agar butun guruh va alohida shaxsga nisbatan bir xil metod bilan ta’sir kо‘rsatilar ekan, unda tarbiyasi ham, ijodiy yondashish ham barbod bо‘ladi.
Ilg‘or tajribaga ega tarbiyachi bо‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning о‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni о‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi, tarbiyachining yosh, individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hayoti kichik pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa tarbiyachidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.
Tarbiyachilarning о‘z tajribalarini oshirish manbalaridan biri ularning malaka oshirish tizimida ta’lim olishlari hisoblanadi. Ilg‘or ish tajribasiga ega bо‘lgan tarbiyachilarning ish uslublari tuman, shahar va viloyat miqyosida о‘rganilib, ommalashtirilishi an’anasi bor. Bunday tarbiyachilarning tanilishi va ishlarining boshqa tarbiyachilar tomonidan о‘rganilishi uzluksiz ta’lim tizimining muhim bо‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limning rivojlantirilishiga sabab bо‘ladi.
TAVSIYALAR
Maktabgacha ta’lim sohasida samarali mehnat qilgan (ilgari bog‘chalarda), kо‘plab yutuqlarni qо‘lga kiritgan, xalq ta’limiga xizmatlari singgan, hozirda nafaqada tarbiyachilarning ilg‘or tajribalarini о‘rganish maqsadida “mt.ilg‘ortajriba.com” elektron saytini yaratish.
Maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning kasbiy kasbiy va kreativ qobiliyatlarini yanada takomillashtirish maqsadida Andijon davlat pedagogika institutining Maktabgacha ta’lim fakulteti qoshida masofaviy onlayin ma’ruzalarni tashkil etish.
|
| |