• Tadqiqot vazifalari
  • Tadqiqotning obyekti sifatida
  • Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi




    Download 1,57 Mb.
    bet5/27
    Sana07.06.2024
    Hajmi1,57 Mb.
    #261361
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Avtoreferat Rayhon Rahimova

    Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya “Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti” ilmiy-tadqiqot ishlar rejasi doirasida bajarilgan.
    Tadqiqotning maqsadi О‘zbekistonda oila axloqiy madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
    Tadqiqot vazifalari:
    “oila”, “oila madaniyati”, “oila axloqi”, “oila axloqiy madaniyati” tushunchalarining dialektik va sinergetik tabiatini qiyosiy tahlil etish, ularning ma’naviyat, milliy g‘oyani rivojlantirishdagi о‘rnini о‘rganish;
    Sharq va G‘arb faylasuf olimlari qarashlari asosida oilada axloqiy madaniyatni yuksaltirishning tarixiy-falsafiy ildizlarini о‘rganishga doir metodologik yondashuvlarni ochib berish;
    zamonaviy oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning kompleks muammosining nazariy va uslubiy tahlilini ishlab chiqish hamda oila axloqining ijtimoiy-madaniy transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berish;
    oilada shaxsning ma’naviy-axloqiy ijtimoiylashuvi va madaniy identifikatsiyasini namoyon bо‘lishi hamda ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim, tarbiya, milliy g‘oyaning zamonaviy oila va jamiyatdagi buzg‘unchi hodisalarning oldini olishdagi potensial imkoniyatlarini falsafiy jihatdan yoritish;
    о‘zbek oilasining aksiologiyasining ma’naviy-axloqiy jihatining obyektiv qonuniyatlari va subyektiv omillarining о‘ziga xos jihatlari hamda zamonaviy о‘zbek oilasining ijtimoiy institut sifatidagi asosiy vazifalarini bugungi kun talablari hamda jamiyatning inqiroz davridagi о‘zbek oilasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollariga doir ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
    Tadqiqotning obyekti sifatida О‘zbekistonda oila axloqiy madaniyatini yuksaltirish tizimi olingan.
    Tadqiqotning predmetini О‘zbekistonda oila axloqiy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy mexanizmlari tashkil etadi.

    Download 1,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi

    Download 1,57 Mb.