• Tadqiqotning amaliy natijalari
  • Andijon davlat un




    Download 1,57 Mb.
    bet6/27
    Sana07.06.2024
    Hajmi1,57 Mb.
    #261361
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Avtoreferat Rayhon Rahimova

    Tadqiqotning usullari sifatida dialektik, sinergetik, tizimlilik, analiz va sintez, qiyosiy tahlil kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan.
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    zamonaviy falsafa doirasidagi ilmiy izlanishlarga tayanib, oila axloqiy madaniyatini yuksaltirish jarayonida kuzatilayotgan differensatsiya va integratsiya jarayonlarining о‘ziga xosligi haqidagi zamonaviy konsepsiyalar ochib berilgan;
    oila axloqiy madaniyatini yuksaltirishning kumulyativ, aksiologik, akmeologik, intellektual tashabbus, sotsiokreativ qonuniyat, etnomadaniy metodologiyasi ochib asoslangan;
    ma’naviy-ma’rifiy va diniy-falsafiy yо‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar asosida oila axloqiy madaniyatini yuksaltirishning falsafiy jihatlari ochib berilgan;
    oila madaniyatini yuksaltirishda ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-madaniy hamda g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarning о‘zaro aloqadorligi ilmiy asoslangan.
    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
    “oila”, “oila madaniyati”, “oila axloqi”, “oila axloqiy madaniyati” tushunchalarining dialektik va sinergetik tabiati qiyosiy tahlil etilib, ularning ma’naviyat, milliy g‘oyani rivojlantirishdagi о‘rnini aniqlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
    Sharq va G‘arb faylasuf olimlari qarashlari asosida oilada axloqiy madaniyatni yuksaltirishning tarixiy-falsafiy ildizlarini о‘rganishga doir metodologik yondashuvlar tizimlashtirilib, uning zamonaviy oilaviy munosabatlar barqarorligini ta’minlashdagi о‘rni va ahamiyati ochib berilgan;
    ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim, tarbiya, milliy g‘oyaning oila axloqiy madaniyatini yuksaltirishdagi strategik imkoniyatlari falsafiy jihatdan yoritilgan hamda globallashuv sharoitida oila axloqiy madaniyatini shakllantirishning obyektiv qonuniyatlari va subyektiv omillarining ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy, intellektual, huquqiy, iqtisodiy va boshqa jihatlarining о‘zaro aloqadorligi ochib berilgan;
    ma’naviyat, ma’rifat va milliy g‘oyaning, oilada yoshlarning axloqiy madaniyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari kongnitiv, evristik yondashuv nuqtai nazaridan isbotlangan hamda globallashuv sharoitida yoshlarda axloqiy madaniyatning ijobiy va pragmatik jihatlari ochib berilgan.

    Download 1,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1,57 Mb.