|
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi
|
bet | 4/27 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 1,57 Mb. | | #261361 |
Bog'liq Avtoreferat Rayhon RahimovaTadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Oilada ma’naviy-axloqiy munosabatlar shakllanishining ilk unsurlari Qadimgi Sharqda vujudga kelgan bо‘lib, asosan, Shumer, Bobil, Qadimgi Misr, Qadimgi Turon-Eron va Qadimgi Hindistondagi diniy-falsafiy qarashlar bilan о‘zaro uyg‘unlikka ega bо‘lgan. Mazkur hududlar tarixi, madaniyatini yoritib beruvchi manbalarda oilaviy munosabatlardagi amaliy axloqning namoyon bо‘lishining dastlabki namunalari mifologik va diniy g‘oyalar bilan bog‘liq ravishda aks ettirilgan. Bunday namunalarga, masalan, Shumer giltaxtalariga yozilgan matnlarni, Misrda “Marhumlar kitobi”, “Pxatotep о‘gitlari”, Hindistonda “Veda” va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Shuningdek, Qadimgi Yunoniston va Rimda axloqiy madaniyat unsurlari Suqrot, Aflotun va boshqalarning qarashlarida о‘z ifodasini topgan32.
Mamlakatimizda oilaviy munosabatlardagi dastlabki nazariy va amaliy axloq namunalari Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da о‘ziga xos va mos tarzda aks etganini qayd etishimiz mumkin. Zero, aynan “Avesto” islom kirib kelganiga qadar ajdodlarimizni oilaviy munosabatlar barqarorligini ta’minlashdagi о‘ziga xos axloqiy qomusi sanalgan. Islomiy bilimlar taraqqiyoti oilaning axloqiy tarbiya tartiblarining mohiyati bilan bog‘liq masalalarning chuqurroq о‘rganilishiga zamin yaratgan. Mazkur masalalar doirasida esa Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Lays Samarqandiy, Imom G‘azzoliy, Shayx Aziziddin Nasafiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Davoniy, Ahmad Donish, Mahmudxо‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid CHо‘lpon kabi olimlar e’tiborga molik qarashlarni ilgari surganlar3.
Respublikamizning mustaqillikka erishishi oilaviy munosabatlarda axloqiy madaniyat namunalarini chuqur о‘rganish bilan bog‘liq nazariy-metodologik masalalarni tom ma’noda ilmiy asosda tashkil etish, xususan, milliy axloqiy madaniyatning yosh oilalar munosabatlarini mustahkamlashga ta’sirini о‘rganishga keng yо‘l ochib berdi. Ayni shu yо‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar qatoriga N.Komilov, I.Saifnazarov, Q.Nazarov, B.Tuychiev, S.Otamurodov, A.Xolbekov, S.Mamashokirov, A.Ochildiev, A.Sher, E.Asamiddinov, K.Najmiddinova, R.Nurmuxamedov, T.Komilova, B.Ochilova, O.Muhammadieva, L.Muhammadjonova, A.Muxtorov, M.Nurmatova, Ne’matulloh о‘g‘li Fatxulloh Hoji kabilarni kiritishimiz mumkin4.
Globallashuv sharoitida oiladagi axloqiy munosabatlarning namoyon bо‘lishi о‘ziga xos ma’no-mazmunga ega. Muammoning ushbu jihati bilan bog‘liq ayrim masalalar V.Alimasov, Z.Boytemirova, B.Aminov, B.Sultonov, N.Rahmonberdieva, T.Mahmud, M.Quronov, A.G‘aniev, O.Rahimov, A.Erkaev, R. Rahmonov, F.Fayziev, S.Abduraimova, G.Tillaeva, F.Zagirtdinova, N.Nazarov, M.Ortiqxо‘jaev, N.Muhammadiev kabi olimlar ilmiy ishlarida tadqiq etilganini qayd etish zarur5.
Mamlakatimizda bola tarbiyasi masalasini pedagogik nuqtai-nazardan Z.F.Mirtursunov, B.O.Qodirov, A.K.Munavvarov, M.Mahmudova, M.O.Inomova, D.Xoliqov, M.Quronov va boshqalar6, psixologik kontekstda M.S. Salaeva, X.R.Xaydarova, N.D.Qosimovalar7, sotsiologik jihatidan Y.G‘.Salimov8, falsafiy yо‘nalishda M.Xalmatova, G.H.Tillaeva va boshqalar tadqiq etganlar9.
Xorijda oiladagi axloqiy munosabatlarning mazmuni, tuzilishini chuqur tadqiq etishga bag‘ishlangan keng kо‘lamli tadqiqotlar V.A.Kanke, D.E.Mur, R.N.Botavina, A.A.Guseynov, N.Gartman, V.M.Xvostov, A.Y.Kibanov, I.I.Maslikova, V.E.Verloka, O.P.Protsenko kabi olimlar tomonidan olib borilgan10. MDH doirasida A.B.Fedulova, YE.I.Balditsina, I.Y.Solovyeva, M.D.Nekui, L.T.Nazarxudoyeva, E.M.Lushenko, I.V.Gavrish, A.Y.Dmitriychuk, F.X.Maxmudova, YE.M.Orlova kabi olimlar bu borada muhim ijtimoiy-falsafiy qarashlarni ilgari surganlar11.
Mavjud ilmiy adabiyotlar va izlanishlar tahlili О‘zbekistonda oila axloqiy madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy omillari mustaqil tadqiqot obyekti sifatida alohida olingan holda о‘rganilmaganini kо‘rsatadi. Bu tadqiqot mavzuini ilmiy о‘rganish ob`yekti sifatida tanlab olinishiga sabab bо‘ldi.
|
| |