|
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
|
bet | 8/27 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 1,57 Mb. | | #261361 |
Bog'liq Avtoreferat Rayhon RahimovaTadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro, 15 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanida muhokamadan о‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bо‘yicha jami 26 ta ilmiy ish, jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola (ulardan 5 tasi respublika, 2 tasi xorijiy jurnallarda) e’lon qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya “Kirish”, uchta bob, “Xulosa”, “Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati” qismlaridan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 151 betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Dissertatsiyaning «Kirish» qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yо‘nalishlariga mosligi, muammoning о‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan Oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti va usullari yoritilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy etilganligi, aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlar, dissertatsiyaning tuzilishi bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning «Oila axloqiy madaniyatini tadqiq etishning retrospektiv asoslari» deb nomlangan birinchi bobida oila axloqiy madaniyati tushunchasining mazmun-mohiyati, oila axloqiy madaniyati rivojining tarixiy-falsafiy ildizlariga doir konseptual qarashlar tahlili, zamonaviy oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish: muammoning nazariy va uslubiy tahliliga oid bilimlar uyg‘unlikda tadqiq etilgan.
“Oila axloqiy madaniyati” tushunchasi oilaviy munozara va muloqotlar orqali о‘ziga xos madaniyatni qо‘llab-quvvatlash, uning mazmun-manfaatlari va umumiy foydalanuvchilariga qо‘llanilishini о‘rganishni tashkil qiladi. Bu tushuncha oilaviy munosabatlardagi axloqiy me`yorlarni yanada mustahkamlaydi, oiladagi ma’naviy-axloqiy munosabatlarni yoritish, tashkil etish va uning о‘ziga xos masalalarini о‘rganishga keng imkon beradi. Oilaning eng muhim vazifasi kelajak uchun о‘z mas’uliyatini anglagan, axloqiy qadriyatlarni о‘zlashtirgan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Har bir oilaning о‘z qoida va axloqiy qadriyatlari bor. Axloqiy qadriyatlarni tо‘g‘ri targ‘ib qilish mas’uliyatli va murakkab jarayon bo`lib, u bolalarni tarbiyalashga katta ta’sir kо‘rsatadi. “Yosh oila rivojlanishi uch bosqichli jarayonni boshidan kechiradi: Birinchi bosqich – rasmiy, qayd etilgan nikohdan keyingi oila shaklida bо‘lsa-da, ammo О‘zbekiston oilalari ota-ona oilasi tarkibiga kirishi mumkin. Ikkinchi bosqich – yosh oilada birinchi farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq. Bu bosqich bir yildan uch yilgacha bо‘lgan davrni qamrab oladi. Uchinchi bosqich - oila yoshlar uchun о‘z tuyg‘ularini rо‘yobga chiqarish makoniga aylanadi. О‘zaro muhabbat tuyg‘usi mustahkamlangunga qadar zaruriy shart-sharoitlarni tug‘diradi. Bunda er yoki xotin bir-biri uchun birgalikdagi oilaviy hayotning chuqur ichki mazmun kasb etuvchi insonlariga aylanadi. Oilaviy byudjetni shakllanishi sodir bо‘ladi. Oilaning yangi ehtiyojlari va imkoniyatlari rо‘yobga chiqariladi”12.
Oilada har bir ota-onaning o`z farzandlarida ijobiy xulq-atvor kо‘nikma va malakalarni shakllantirishining о‘ziga xos usullari borki, ulardan о‘z о‘rni va me`yorda foydalana bilish g‘oyat muhim sanaladi. Xususan, ibrat, namuna kо‘rsatish, yaxshi xulq-atvorlarga о‘rgatish, ishontirish, odatlantirish, nasihat qilish, jiddiy tanbeh berish, o`z o`rnida jazolash, gaplashmaslik unga nisbatan tarbiya mazmunini о‘zgartirish kabi usullarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ota-ona farzandni yoshligidan mehnatni sevishga, kasb-hunarga bо‘lgan qiziqishini teng shakllantirishga katta ahamiyat berishi kerak. Zero, ota-ona bolalariga har qanday kasbning о‘ziga yarasha mas’uliyati borligini, shu kasbni puxta egallash orqali hayotda о‘z о‘rnini topish mumkinligini tushuntirib borishi zarur. “Oila institutida sodir bо‘layotgan zamonaviy о‘zgarishlar ushbu sotsial institutning tanazzulidan darak bermaydi. Chunki, oila va oilaviy turmush tarzi zamonaviy yoshlar qadriyatli mо‘ljallari tuzilmasida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, ushbu о‘zgarishlar zamonaviy sotsium hayotida doimiy tarzda kechadigan о‘zgarishlarga oila moslashuvining optimal shakllarini qidirish vositasidir”.13
Oila axloqiy madaniyatining tarixiy ildizlari shakllanishida Arastu, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy va boshqalarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Ular oila axloqiy madaniyatining ma’naviy-madaniy asoslarini о‘rganishga juda katta xizmat qilganlar. Arastu oila axloqiy madaniyatining ma’naviy asoslari va uning munosabatlari haqida falsafiy qarashlari bilan oila axloqiy madaniyatining rivojiga yordam bergan. Hech kimga sir emaski, bizning milliy qadriyatlarimiz yanada konservativ jamiyatni talab qiladi. Axloq barqarorlikka asoslangan ijtimoiy ehtiyojdir. Chunki axloqiy qadriyatlar millat mentalitetini shakllantiruvchi omillar majmui bо‘lib, ularni tashqi ta’sirlardan asrashi lozim. Bu inkor etib bо‘lmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun oila axloqiy qadriyatlarning tashqi ta’sirga ega bо‘lgan ijtimoiy tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Oila madaniyati tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga turli falsafiy nuqtai nazardan yondashish mumkin. Bugungi kunda bu borada quyidagicha ta'riflar va tasniflar mavjud:
|
| |