1-rasm. 2017-2022 (yanvar-oktyabr) yillarda FHDYO organlari tomonidan qayd etilgan qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan nikohlar soni 14
Yuqoridagi ma’lumotlar qonuniy nikohdan o‘tgan oilalar tahlili bo‘lib, jamiyatimizda aslida yaxshilik, mas’uliyatni targ‘ib qilishi, taminlashi lozim bo‘lgan, ammo bugungi kunda dunyoviy va diniy johillik sababli ko‘plab muammolarga omil bo‘lib qolayotgan qonuniy ro‘yxatdan o‘tmagan shar’iy nikohlar asosida tuzilgan oilalar ham mavjud. Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda har yili bir tumanga 100 ta noqonuniy nikoh to‘g‘ri keladi. Albatta, bu raqamlar odamni hayratga solishi tayin. Lekin bu aniqlangan noqonuniy nikohlar soni bo‘lib, aniqlanmagan shar’iy tuzilgan nikohlar, tuzilgani-yu bekor bo‘lgani hech kimga ma’lum bo‘lmagan, qanchadan-qancha taqdirlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, farzandlarni qonuniy haqlaridan mahrum qilganlaridan tashqari oila axloqiy tanazzuliga olib kelishi mumkinligi achinarlidir.
Dissertantning takidlashicha, yoshlar va ularning ota-onalari oila masalasiga oid dunyoviy va diniy bilimlardan xabardor emasliklari, ularni asl manbalardan o‘rganmaganliklari, bugungi kunda oilaviy munosabatlarga oid ko‘plab diniy savollar, bahs-munozaralarga asos bo‘lib qolmoqda. Shar’iy nikohni yashirincha o‘tkazish, kundoshlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, ayollarda eriga bo‘lgan ishonchsizlik va behurmatlilik, farzandlarning o‘z otasiga nisbatan nafrat ruhida voyaga yetishi, mas’uliyatsiz erkaklar tomonidan shar’iy nikohga jiddiy yondashmaslik, shar’iy nikohidagi ayoli va farzandlari oldidagi burch va majburiyatlarini to‘liq bajarmasligi, ularni muallaqa holatda tashlab qo‘yish, ma’lum muddatdan so‘ng osonlikcha shar’iy nikohdagi oilasidan voz kecha olish, ularning huquqiy haqqi yo‘qligini bilan holda «yarim yetim» yoki «tirik yetim» bolalaridan umuman xabar olmay, moddiy ta’minlamaslik kabi holatlari statistik qayd etilmagan oilaviy munosabatlarning og‘riqli nuqtalaridan biri. Buning natijasida jamiyatda «yarim yetim» bolalar va beva ayollarning soni oshishiga, ularning ruhiy, psixologik hamda ma`naviy-axloqiy holatidagi muammolarga shariat hukmlarini aybdor qilib ko‘rsatish holatlari kuzatiladi. Dissertantning qayd etishicha, oila munosabatlariga kirishayotgan har bir shaxs nafaqat huquqiy savodxon bo‘lishi, shuningdek, oila qurishga ham ma’nan, ham ruhan tayyorlanishi lozim. Ushbu muammolarni turli soha mutaxassislari tomonidan alohida-alohida ravishda emas, balki «bir yoqadan bosh chiqarib», kompleks holda o‘rganilsa, uning yechimi samarali bo‘ladishiga oid xulosalar tadqiqotchi tomonidan ta’kidlangan.
Ota-onalar va keksa oila a'zolari bolalar uchun namuna bo'lib, ma'naviy-axloqiy hayot kechirish nimani anglatishini o'zlarining xatti-harakatlari orqali namoyish etadilar. Bolalar ko'pincha ota-onalari va g'amxo'rlarining xatti-harakatlariga taqlid qiladilar, ularning qadriyatlari va e'tiqodlarini o'z ichiga oladilar. (2-rasm)
|