4
1- MODUL. ELEKTR ТА‘ MINOTI TIZIMINI MONTAJI VA
ISHLATILISHI FANIGA KIRISH
1–BOB. ELEKTR MONTAJ ISHLARINI TASHKIL ETISH.
§1.1. Elektr montaj ishlari bajarilishining umumiy prinsiplari.
Elektr montaj ishlari, qurilish ishlari tizimining bir qismi hisoblanadi
va qurilish shartnomasi tarkibi chegarasiga mos ravishda (kontrakt) asosida
qurilish shartnomasida bajarilishi o‗rnatilgan muddatda ishni bajarish
bo‗yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda ishni bajarish
tashkil qilinadi. Ish bajaruvchi ishni bajarishni o‗z zimasiga oladi,
buyurtmachi esa pudratchi ishni bajarishi uchun
kerakli shart- sharoit
yaratib beradi, bajarilgan ishlarni qabul qiladi va haq to‗laydi.
Buyurtmachi bo‗lib yuridik shaxs (korxona, tashkilot), moliya
vositasiga ega bo‗lgan (investorlar) tashkilotlar hisoblanadi. Elektr montaj
ishlarini moliyalashtirish, kengaytirish, qayta qurish va elektr termik
obyektlarini qayta texnik jihozlash yangi qurilishga mo‗ljallangan
kapital
harajatlar bo‗limi hisobidan olib boriladi. Elektr montaj ishlarini bajarishda
pudratchi bo‗lib, odatda elektr montaj tashkilotlari va shaxsiy shaklidan
qatiy nazar, o‗rnatilgan tartibda soliq tashkilotlari va elektr-montaj ishlarini
bajarish
litsenziyasiga
ega
va
boshqa
hujjatlari,
tashkilotning
mutaxassisligini tasdiqlovchi va sifatini kafolatlovchi hujjatlar bo‗lishi
etarli hisoblanadi.
Yirik hajmli elektr montaj ishlarida ishni bajarishni xohlaganlar ko‗p
va bir necha talabgorlar raqobatli bo‗lganida ularni tanlashda buyurtmachi
raqobat (konkursli) tender savdo tashkil qilinadi.
Elektr montaj tashkilotlari ish faoliyati davrida qurilish-montaj
maxsulotlari, iste‘molchilari qiziqishini va ularning ho‗qo‗qini himoya
qilish maqsadida litsenziyalanadi. Kafolatlar buyurtmachi tomonidan
bajaruvchiga shikoyat muddatida bajarish
shartnomasida aniqlanadi va
elektr montaj ishlari bo‗yicha odatda 1-2 yilni tashkil qiladi.
Bajarish shartnomasi asosiy qonuniy hujjat bo‗lib, pudratchi va
buyurtmachi orasidagi munosabatlarni rostlovchi hisoblanadi.
Bunday shartnoma ayrim hollarda ish bajarilish inshootini to‗la
tayyorlanganligi bilan tugaydi. Bu yerda to‗la investitsiyali to‗la
bajariladigan davrli loyihlashga (ulash) kiritilishi, qurilish, elektr montaj,
ishlarini rostlash ishlari va obyektni ishlatishga topshirish ko‗zda tutilgan.
Tizimli yoki alohida qurilish
ish turlari bajarilishi uchun, misol:
ishga tushirish rostlash ishlarini bajaruvchi boshqa-maxsus mutaxassis
yollanma ish bajaruvchi tashkilotlarni (sub naryadchilarni) jalb qilishi
mumkin. Bu holatda pudratchi general bajaruvchi lavozimini egallaydi.
5
Asosiy elektr montaj ishlari bajarilish bosqichlari 1.1-sxemada
ko‗rsatilgan.
Elektr montaj ishlarini olib borishga tayyorlash, ko‗pincha obyekt
qurilish bo‗lim qurilmalari montaj ishlarini
bajarishga qabul qilishda,
buyurtmachi qarshisida barcha ishlar turlari o‗z vaqtida bajarilishi,
shartnomada ko‗zda tutilgan, va kerakli sifatda bajarilishi general
pudratchiga yuklanadi.
Pudratchi, ishlarni loyiha-smetasiga mosravishda rejalashtiradi va
shartlanilgan narxda va ishlarning bajarilish, hajmini aniqlovchi, ish tartibi
va narxida olib boriladi. Loyiha hujjatlari
elektr montaj ishlarini
bajarilishini belgilovchi me‗yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi kerak:
Qurilish me‘yorlari va qoidalari (QM va Q);
Qurilish sohasiga oid davlat standartlari (GOST);
Elektr qurilmalarni to‗zilish qoidalari (EQTQ);
Iste‘molchi elektr qurilmalarini texnikaviy ishlatish qoidalari
(IEQTIQ).
Bundan tashqari, bajaruvchi vazifasiga tabiiy, atrof muhit himoyalari
qonunlariga rioya qilishi va ishni bajarishda
mehnat muhofazasini tashkil
qilish kiradi.
Ishni bajarish davrida buyurtmachi va ish bajaruvchi, loyihalash tashkiloti
bilan o‗zaro munosabatda bo‗lgan holda ish bajarilishi shartnomada
ko‗rsatilgan tartibi o‗zgartirilmasligi inobatga olinib texnik hujjatlarga,
yoki shartnomada ko‗rsatilgan talablarga o‗zgartirish kiritish mumkin, va
yana ishga tushirish to‗plamini umumiy loyiha hajmi ishlaridan ajratishi
mumkin.
Asbob-anjomlar to‗plami bilan elektr montaj ishlarini ta‘minlash,
to‗plamli
qurilmalarni, materallarni va konstruksiyalarni olib kelish
vazifasi va ma‗suliyati odatda, pudratchiga yuklanadi.