• 18-BOB PODSTANSIYA OʻLCHOV VA HIMOYA JIHOZLARINI ISHLATISH. §18.1 Oʻlchov transformatorlarini ish rejimlari.
  • Andijon mashinasozlik instituti mualliflar: Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich Abdurashidov Eldorbek Ergashboy o‘g‘li




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet149/199
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #157767
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   199
    Bog'liq
    DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

    Bob bo‗yicha nazorat savollari. 
    1. Dastakli va avtomatik yuritmalar qachon va qanday qo‗llaniladi 
    2. Ulanish va uzish vaqti uzgichlar uchun qanchalik muhum? 
    3. Prujinali yuritmalarning kamchiliklari va ustunliklari qanday? 
    4. Elektr sanoatida qanday uzgichlar keng qo‗llanilmoqda 
    5. Uzgich yuritmalar haqida nimalarni bilasiz? 
    6. Yuritmalarning vazifalanishi qanday? 
    7. Prujinali yuritmalarning asosiy elementlari qanday?
    8. Vakuumli uzgichlar montaji qanday olib boriladi?
    9. Prujinali yuritmalarning oʻziga xosligi nimada?
    10. Vakuumli uzgichlar haqida ma‘lumot bering. 
    18-BOB 
    PODSTANSIYA OʻLCHOV VA HIMOYA 
    JIHOZLARINI ISHLATISH. 
    §18.1 Oʻlchov transformatorlarini ish rejimlari. 
    O‗lchov tok va kuchlanish tansformatorlariga xizmat ko‗rsatish TIQ 
    va THQ ga asosan, belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak va muddat 
    elektr xo‗jalik rahbari tomonidan o‗zgartirilishi mumkin. Tok va 
    kuchlanish o‗lchash tansformatorlarini kuzatilganida kontaktlar ulanish 
    holatiga e‘tibor byerilishi kerak. Kontaktlar haroratini kontaktlar rangiga 
    qarab, baho byeriladi. Qizish harorati ko‗rsatilgan miqdordan oshmasligi 
    kerak. Izolyatsiya holati sinchiklab tekshiriladi, chunki o‗lchov 
    tansformatorlarining 50% dan ko‗pining ishdan chiqishiga izolyatsiya 
    teshilishi bilan bog‗liq. Bu nosozlik izolyatsiyaning ifloslanishi natijasida 
    sodir bo‗ladi. Tansformatorlar farforlarining (darz ketish)yoriqlari yo‗qligi, 
    farfor kemtiksizligi, armirovkalar butligi asosan qish faslining past 
    haroratlarida tekshiriladi. Zarur holatlarda o‗lchov tok va kuchlanish 


    205 
    tansformatorlari ta‘mirga chiqariladi. Tansformatorlar kontakt uchlariga 
    moy kirishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Moyni umumiy xajmining 10% 
    kamayganida toza moy bilan nominal ko‗rsatkichgacha to‗ldiriladi. 
    Quyidagi turdagi tansformatorlarning ikkilamchi toki: НСИ, НСИ 0,5-2A; 
    НТИ-6, HOM-6 2-2,5A; HTMK-10, НОМИ-10-3-3,5А; НТМИ-10 3-4A; 
    Chulg‗amlar va magnit o‗tkazgich harorati 25 °C dan oshmasligi kerak. 
    Kuchlanish tansformatorlarning ishga yaroqligini salt toki o‗lchov 
    xulosasiga ko‗ra aniqlanadi, o‗ning ko‗rsatkichi o‗ramlarda birlashish 
    mavujudligiga bog‗liq. Ikkilamchi chulg‗am katta toklar oqib o‗tishiga 
    mo‗ljallanmagan bo‗lganligi sababli, o‗lchashni qisqa vaqt ichida olib 
    borilishi kerak. 
    O‗lchov tansformatorlarini nuqsonlarini aniqlash, sinash va bartaraf 
    qilish. Nuqsonni oldini olish va ta‘mirlash ishlarini bajarishda tok 
    tansformatorlarining, kontaktlar birikish holatlari, izolyatsiya holati, 
    ikkilamchi chulg‗amlar erlanishi, moy sath ko‗rsatgichi pasayishi 10%dan 
    kamligi va moy o‗tkinchi yo‗qligi moy to‗ldirilgan TTlarda, magnitlanish 
    holatini tavsiflash o‗ramlarda tutashish yo‗qligi va izolyatsiya qarshiligi 
    aniqlanadi. Moy sathi ko‗p tushganida TT quritishga chiqarilishi zarur. 10 
    kV gacha kuchlanishdagi TT birlamchi yuklama (yoki ikkilamchida) 
    tokida bajariladi, maromli tokdan taxminan 20% ga ko‗pida. Payvandlash 
    tansformatoridan T foydalanib TT izolyatsiyasini birlamchi yuklama 
    tokida quritish 18.1.1, a- rasmda ko‗rsatilgan. Quritish 15-18 soat davom 
    etishi mumkin, agar 3... 4 soat oraliqda qarshilik izolyatsiya bir xilda turib 
    bersa quritish me‗yoriga yetgan hisoblanadi. Quritish ishlari tugatilgach 
    TT ni ulash oldidan chulg‗amlar qutblanishi tekshiriladi. Ikkilamchi 
    chulg‗amga magnit elektr tizimli mV millivoltmetr ulanadi (18.1.1, b-
    rasm). Birlamchi chulg‗am ayirgich QS bilan o‗zgarmas tok manbaasiga 
    3.... 12 V. kuchlanishga o‗lanadi. Agar ayirgich o‗lanishida millivoltmetr 
    strelkasi -o‗ng tomonga og‗sa (o‗chirilishda -chapga og‗sa), demak manba 
    musbat qutbi va millivoltmetr musbat qutbi bir xil chiqishlarga ulangan 
    (boshlanishiga yoki oxirgi uchlariga). Magnitlanish tavsifi olinib, 16.1.1, 
    v-rasmda natijaviy ko‗rsatgichlar shunday rusumli yoki shu turdagi tok 
    tansformatorlar tavsifi bilan taqqoslanadi.


    206 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   199




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti mualliflar: Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich Abdurashidov Eldorbek Ergashboy o‘g‘li

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish