Tadqiqotning respublika fan va texnologiya rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I.“Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitilishi bir qator olimlar tarafidan o‘rganilgan, hamda tahlil qilib borilgan. Jumladan,J. J. Jalolov, L. T. Ahmedova, D. U. Xoshimova, S. X. Abdullayeva, A. B. Rahmonova, S. A. Alimsaidova, S. N. Abdullayeva, R. F. Gabdulxakova kabi olimlarning fikrlari, ilgari surilgan g‘oyalari tahlil qilinib ko‘rib chiqildi.MDH davlarlarining taniqli metodistlari: N. M. Kraineva,D. A.Tsotova, D. O. Osokina,A. M. Krundisheva,S. A. Havronina, T. M. Balyxina, N. A. Artemenko, A. I. Basova, N. N.Skvortsova, O. V. Nefedova, I. A. Pugacheva, E. G. Azimova, A. N. Shchukin, E. I. TSukanova, M. P. Chesnokovalarni xorijiy tilni rivojlantirish va rus tilini xorijiy til sifatida o'qitish bo'yicha izlanishlari va uslubiy tavsiyalari o'rganildi. Xorijiy olimlardan esa,Liu Jingjuan, Gombo Jargalsayxan, S. Ambrosio, J. F. Makues, L. Santos, S. Douter, B. Chang, L. Shaldon va bohqalarning milliy auditoriyalarda rus tilini o'qitishga bag'ishlangan asarlari ko'rib chiqildi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizning nofilologik OTMlarida rus tilini xorijiy til sifatida o'qitish, o'qish, tinglash, yozish va gapirish ko'nikmalarini, xususan, tadqiqot ishimiz mavzusini belgilab bergan qurilish va arxitektura yo'nalishlarini birlashtirishni hisobga olgan holda bir qator muammolar mavjud.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta'lim yoki ilmiy tadqiqot muassasasining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan aloqasi. Dissertatsiya tadqiqotlari A-1-41 loyihasi doirasida "Zamonaviy oliy muhandislik ta'limini takomillashtirishda o'zbek tili va chet tillarining ahamiyati" (2022-2023 yillar)mavzusida Andijon mashinasozlik institutining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi doirasida amalga oshirildi.
|