• Tadqiqot obyekti
  • Tadqiqot usullari
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha
  • Andijon mashinasozlik instituti rustamova feruzaxon mahmudjanovna arxitektura-qurilish yo




    Download 426 Kb.
    bet5/14
    Sana05.12.2023
    Hajmi426 Kb.
    #111854
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    автореферат на узбекском

    Tadqiqotning maqsadi:arxitektura va qurilish yo‘nalishlarida kasbiy leksika o'qitilishining metodik asoslari.
    Tadqiqot vazifalari:
    – arxitektura va qurilish yo'nalishlarida rus tilinixorijiy til sifatida(keyingi qatorlarda RTXTS) o‘qitilishi borasida o'quv dasturlar, ishchi dasturlar, mavjud o'quv qo'llanmalarini tahlil qilish;
    – kasbiy yo'nalish nuqtayi nazaridan RTXTS o'qitishning lingvodidaktik va psixolingvistik xususiyatlarini ko'rib chiqish;
    – arxitektura va qurilish yo'nalishlarida RTXTS o'qitishda o'qitish mazmunini tanlash va ko'nikmalarni birlashtirish muammolarini o'rganish;
    – talabalarning kasbiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda terminologik lug'atlar va mashqlar tizimini ishlab chiqish;
    – tanlangan material asosida tajriba sinovini tashkil qilish va olingan ma'lumotlarning matematik va statistik tahlilini o'tkazish.
    Tadqiqot ob'yekti nofilologik OTMlarning arxitektura va qurilish yo'nalishlari talabalariga kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan rus tilini xorijiy til sifatida o'qitish jarayonidir.
    Tadqiqotning predmeti arxitektura va qurilish yo'nalishlarida RXTS o'qitishda kasbiy yo'nalishning mazmuni, shakllari va vositalari va o'quv jarayonini tashkil etish masalalaridir.
    Tadqiqot usullari: tadqiqotda yetarli ta'limni ta'minlashga qaratilgan bir qator usullar qo'llanilgan: nazariy (analitik-statistik, qiyosiy-taqqoslash), diagnostik (so'rovnoma, suhbat, pedagogik kuzatuv), prognozli (eksperimental baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish), pedagogik tajriba va matematik usullar (statistik ma'lumotlarni qayta ishlash, natijalarning grafik tasviri)usullaridan foydalanildi.
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha: arxitektura-qurilish yo'nalishlari talabalarining bilim qobiliyatini rivojlantirish bo'yicha intellektual salohiyatni shakllantirishda ko'nikmalarni birlashtirishga asoslangan simulyatsion, transformatsion va kommunikativ mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Rus tilini o'qitishda psixodidaktik xususiyatlar aniqlandi ular metakognitiv jarayonlarga, o'quv vaziyatlarini tushunishga, grammatik, leksik, fonetik va kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishga imkon beradigan o'zgaruvchan dasturlar va matnlarni tushunishga qaratilgan;

    Download 426 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 426 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti rustamova feruzaxon mahmudjanovna arxitektura-qurilish yo

    Download 426 Kb.