• MOBIL QURILMALARNING DASTURIY TA’MINOTI
  • «MOBIL QURILMALARNING DASTURIY TA’MINOTI»




    Download 3,62 Mb.
    bet5/38
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,62 Mb.
    #113292
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    Mobil qurilma majmuasi 2023 (2)
    Sam7YvgpzM, maqola, nom, 55555556666, Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ANDIJON IQTISODIYOT VA, ЭКОНОМЕТРИКА последний вариант 22 (2), Oʻlchash asboblari ishonchliligi haqida asosiy tushunchalar., Nutritsiologiya ishchi dastur 2023-2024, TEXNIK NAZORAT VA TEXNIKAVIY JARAYONLARNING METROLOGIK TA’MINOTI, Support Vector Machine, Raqamli iqtisodiyot, Raqamli iqtisodiyot 2
    «MOBIL QURILMALARNING DASTURIY TA’MINOTI»
    o’quv amaliyoti fanidan o`quvchilarning bilimini
    Baholash mezoni.



    T/r

    Baholash mezoni

    Baho

    1.

    Davlat ta`lim standartlaridan kelib chikib, darslarda 95% gacha qatnashgan, ma`ruza matnini yozgan, o`quv qurollari to`la bo`lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan.

    3

    2.

    Undan tashqari, o`quv ko`rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini xalq xo`jaligidagi o`rnini to`g`ri tushungan, mustaqil fikrlash, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan.

    4

    3.

    Undan tashqari, olgan bilimlarini ishlab chiqarishda ko`llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog`lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni to`liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o`quvchilarga o`rnak bo`ladigan.

    5

    4.

    Yuqoridagi shartlarni
    50-60%ni bajarishda qiynalgan o`quvchilar qo`shimcha va qayta topshirgan.

    2



    Izoh: Fanning ma`ruza va seminar mashg`ulotlari asosan o`quvchilar bilan baxs-munozara va savol-javob tartibida olib boriladi. Bunday darslarning samarali o`tkazilishi uchun talabalar dars mavzulari bo`yicha ko`prok mustaqil tayyorgarlik ko`rishlari kerak. Mashg`ulotlarda talabalarga testlar beriladi va ayrim mavzular bo`yicha misollar yechiladi. Fanni chuqurroq o`rganishi uchun har bir talabaga referat yozish va seminar mashg`ulotlar tayyorlash uchun topshiriqlar beriladi.
    Mustaqil ish davomida talabalar mustaqil ravishda qo`shimcha adabiyotlardan foydalanishlari kerak. Bunda talabalarga asosan o`quv qo`llanmalar, darsliklardan, internet ma`lumotlaridan va oylik nashrlardan foydalanish maslahat beriladi.

    «MOBIL QURILMALARNING DASTURIY TA’MINOTI»


    o’quv amaliyoti fani ishchi o`quv dasturiga ekspert xulosasi.



    Ko`rsatkichlar

    Ekspert bahosi

    Izoh

    Ha

    Yo`q

    Zarvaraqning ekspertizasi

    1.

    Ta`limning boshqaruv organini nomi to`liq vato`g`ri yozilgani.




    2.

    Ta`lim muassasasining nomi to`liq va to`g`ri yozilgani.




    3.

    O`quv fani (moduli)ning nomi kasbning namunaviy o`quv rejasidagi nomiga mosligi.




    4.

    Ishchi dasturni ishlab chiqishga asos bo`lgan namunaviy o`quv dasturning nomi, tasdiqlangan yili to`liq va to`g`ri yozilgani.




    5.

    Mazkur o`quv fani (moduli) o`qitiladigan tayyorlov yo`nalish(lar)i va kasb(lar) nomi to`liq va to`g`ri ko`rsatilgani.




    6.

    Ishchi dasturni tuzuvchi(lar)ning familiyasi, ismi-sharifi, ish joyi va lavozimi to`liq va to`g`ri ko`rsatilgani.




    O`quv fani (moduli)ning maqsad va vazifalari, o`zlashtirish natijasiga qo`yiladigan talablar bo`limi ekspertizasi

    7.

    O`quv fani (moduli)ning maqsad va vazifalari qisqa va tushunarli bayon qilingani.




    8.

    O`quvchining o`quv fani (moduli)ni o`zlashtirish natijasiga qo`yiladigan talablar ta`lim standartida qayd qilingan talablar asosida egallashi kerak bo`lgan bilim va ko`nikmalar shu fan (modul)dan nimalarni bilishiva qaysi amallarni mustaqil bajara olishi orqali to`liq va aniq bayon qilingani.




    9.

    O`quv fani (moduli) bo`yicha ta`lim standartida qayd qilingan talablarni ishchi dasturda ish beruvchi(lar)ning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan talablari va tavsiyalarini hisobga olgan holda qo`shimcha bilim va ko`nikmalarni kiritish orqali kengaytirilgani.




    O`quv fani (moduli)ning mashg`ulot turlari bo`yicha mavzular rejasi va mazmunibo`limi ekspertizasi

    10.

    O`quv fani (moduli) mavzusi va mashg`ulot turlari bo`yicha mavzular mazmuni ustunida qayd etilgan (3- ilova, 2- ustun) mavzular nomi namunaviy o`quv dastur mavzulariga mosligi. Mavzularga o`zgartirish kiritilgan hollarda, ularni ish beruvchilar tomonidan tavsiya etilganligi yoki asoslanganligi va bu haqda Pedagogik kengash qarori mavjudligi.




    11.

    Mazkur ustunda qayd etilgan (3- ilova, 2- ustun) mashg`ulotlar turlari (nazariy va amaliy mashg`ulot, seminar) mavzulari va mazmuni namunaviy o`quv dastur mavzulariga mosligi. Mavzular va mazmunga o`zgartirish kiritilgan hollarda, ularni ish beruvchilar tomonidan tavsiya etilganligi yoki asoslanganligi va bu haqda Pedagogik kengash qarori mavjudligi.




    12.

    Mazkur ustunda qayd etilgan (3- ilova, 2- ustun) «Laboratoriya ishi raqami va mavzusi» katagiga kiritilgan barcha mavzular soni o`quv rejadagi soatga, mavzulari namunaviy o`quv dasturga mosligi. Mavzularga o`zgartirish kiritilgan hollarda, ularni asoslanganligi va bu haqda Pedagogik kengash qarori mavjudligi. Laboratoriya ishlari mavzulari nazariy mashg`ulotning mos mavzusi o`tilgandan keyin rejalashti­rilgani.




    13.

    Mazkur ustunda qayd etilgan (3- ilova, 2- ustun) mashg`ulot turlari va ularga ajratilgan soatlarning kasbning amaldagi namunaviy o`quv rejasida ketirilgan shu fan (modul) ning mashg`ulot turlari va ularga ajratilgan soatlarga mosligi hamda mavzular soatlari 3- ustun­da to`g`ri qayd etilgani.




    14.

    Mazkur ustunda qayd etilgan (3- ilova, 2- ustun) «Mustaqil ish» katagiga o`quvchi auditoriyadan tashqarida mustaqil o`zlashtirishi yoki bajarishi uchun faqat darsda o`tilgan mavzuni o`zlashtirishga tegishli uy vazifalari yozilganligi. «Mustaqil ish»ga ajratilgan soatlar jami namunaviy o`quv rejada shu fan (modulga)ning mustaqil ishiga ajratilgan soatlarga mosligi va bu soatlar 3- ustun­ga to`g`ri qayd etilgani.




    15.

    O`quv rejada fandan kurs ishi (loyihasi) kiritilgan holda mazkur ustunda (3- ilova, 2- us­tun) o`quv rejada ko`rsatilgan soatga mos mavzulari kiritilganligi.»Mustaqil ish» jami soati kurs ishi (loyihasi)ni bajarish bosqichlariga ish hajmidan kelib chiqib mos ravishda taqsim qilinganligi. Mavzular va «Mustaqil ish» soatlari
    3- ustunga to`g`ri qayd etilgani.




    16.

    Shu bo`limning «Didaktik material va ko`rgazmali qurollar»ustuniga (3- ilova, 4- ustun) mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, o`qituvchi tomonidan tayyorlangan mavzuga mos didaktik materiallar (tarqatma material­lar, darsda bajarishga mo`ljal­langan topshiriqlar, ko`rsatmalar va boshqalar), shuningdek, mavzuga mos ko`rgazmali qurollar (plakatlar, albomlar, kataloglar, turli kollektsiyalar, xaritalar va boshqalar) kiritilgani.




    17.

    «AKT va ta`limning texnik vositalari»ustuniga (3- ilova, 5- ustun) ta`lim mu­as­­sasasida mavjud imkoniyatdan kelib chiqib axborot kommunikatsiya texnologiya­lari (AKT) yoki boshqa namoyish texnikasi vositalari orqali mavzuga oid ko`rsatiladigan materiallar (jarayonlarning animatsion, multimediyaviy tasvirlari, videofilm va videolavhalar,taqdimotlar, dinamik va statikslaydlar, chizmalar, sxemalar va b.), AKT vositasida o`quvchilar o`zlashtirish darajasini tezkor nazorati, shuningdek, AKT vositasida mavzuga oid o`quv jarayonida bajariladigan ishlar kiritilgani.




    18.

    «Texnologik jihozlar, stend­lar, maketlar, asboblar, material­lar va b.»deb nom­­langan ustunga (3- ilova, 6- ustun) ta`lim muassasasi imkoniyatidan kelib chiqib, fan xonalari va o`quv ustaxonalarda mavjud texnologik jihozlar, qurilmalar, stend­lar, maketlar, trenajyorlar, ish qurollari va asboblar, materiallar va boshqalardan mavzuda qo`llaniladiganlari to`g`ri va to`liq qayd etilgani.




    19.

    «Nazorat usuli» ustuniga (3- ilova, 7- ustun) mashg`ulot turlari bo`yicha dars jarayonida qo`llaniladigan joriy nazoratning samarali usullari kiritilgani.




    20.

    «Tavsiya etilgan adabiyot» ustuniga (3- ilova, 8- ustun) ishchi dasturning «Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro`yxati»dan muayyan mavzuni o`zalashtirish uchun o`quvchiga tavsiya etiladigan o`quv adabiyotining ro`yxatdagi tartib raqami va betlari keltirilgani.




    «O`quv fani (moduli)ning moddiy-texnik ta`minoti» bo`limi ekspertizasi

    21.

    Ishchi dasturning «O`quv fani (moduli)ning moddiy-texnik ta`minoti» bo`limida o`quv fani (moduli)ga tegishli o`quv xonasida o`tkaziladigan mashg`ulot tur(lar)idan yoki o`quv ustaxonasida o`tkaziladigan amaliyot turidan kelib chiqib mashg`ulot o`tish uchun kerak bo`ladigan jihozlar – o`qituvchi va o`quvchilar soniga mos stol-stul, doska va b.; ta`­lim­ning texnik-namoyish vositalari; o`quv-metodik materiallar, masalan, laborato­riya ishining uslubiy ko`rsatmasi, laboratoriya ishlarini bajarish daftari, ko`rgazma­li qurollar (plakat, gerbariy, albom, katalog va b.), ma`lumotnoma, lug`at va boshqa­lar; texnolgik jihozlar, maketlar, stendlar, ish qurollari va asboblar, materiallar va b. qayd etilgani.




    22.

    Ishchi dasturda laboratoriya ishi qayd etilgan holda laborato­riya ishining nomi hamda uni bajarish uchun zarur bo`lgan jihoz, o`lchov va nazorat asboblari, reaktiv va boshqalar ko`rsatilgani.




    «Fan (modul)ning o`zlashtirish darajasini nazorati va baho­lash»bo`limi ekspertizasi

    23.

    «Fan (modul)ning o`zlashtirish darajasini nazorati va baho­lash»bo`limida o`qituvchi tomonidan o`quvchining fan (modul)ni o`zlashtirish darajasini nazorati va baholash «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risida Nizom»ga mosnazorat va baholash usullari qo`llanilgani.




    «Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro`yxati»bo`limi ekspertizasi

    24.

    Ishchi dasturning «Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro`yxati»bo`limi uch qimsdan iborat shakillantirilgani.




    25.

    Shu bo`limda Asosiy adabiyotlar, Qo`shimcha adabiyotlar, Internet saytlari ro`yxatlariga Yo`riqnoma tavsiyasiga mos adabiyotlar va manbalar ro`yxati hamda saytlar manzillari qayd etilgani.







    Yakuniy Xulosa
    (quyidagi ikki xulosadan biri tanlanadi)

    Ha

    Yo`q




    Fan (modul)ning ishchi dasturi «Yo`riqnoma»ga mos, Pedagogik kengash muhokamasiga tavsiya etildi.



    Fan (modul)ning ishchi dasturi «Yo`riqnoma»ga moslab qayta ishlab chiqish uchun qaytarildi.




    Download 3,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 3,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «MOBIL QURILMALARNING DASTURIY TA’MINOTI»

    Download 3,62 Mb.