|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 25/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiGuruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim:
Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz!
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz yoki birgalikda cho’kib ketamiz.
Guruh bo’lib ishlash uchun mavzuga oid tarqatmalar
1-guruh uchun topshiriqlar
1-mashq. Matndan ravish so’z turkumiga oid so’zlarni toping.
1. Sizni O’zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab o’tkazilayotgan sinfimiz tadbiriga lutfan taklif etamiz. 2. mastura ko’zlarini makkorona o’ynatib javob berdi. 3. Bu tuproqshunos olimlar bilan O’ktam oldin ham tasodifan uchrashgan edi. 4. Mardona ishladik, zafarlar quchdik. 5. Mardlarcha kurashmoq mardlar ishi. 6. Zilol va salqin suvdan hovuch-hovuch ichdim. 7. Qorovulla galma-gal navbatda turishdi. 8. Bu yerlarni qadam-baqadam kezib chiqqan edik. 9. Mehmonlar oldinma-ketin yetib kelishdi. 10. So’rida qat-qat duxoba ko’rpachalar ustma-ust to’shalgan edi.
2-guruh uchun topshiriqlar
2-mashq. Matndan ravish so’z turkumiga oid so’zlarni toping.
Horg’in sentabr quyoshi hozirgina ko’tarildi. Epchil va aqlli, tez va serjahl bu qushlarhar narsani bilmoqni, har narsani cho’qib ko’rmoqni istaganlaridan ketma-ket tuzoqqa tusha boshladilar. Tuzoqqa tushgan qushlarni tayyor qafaslarga solib, ustidan qop yopaman, chunki qorong’ida qushlar jim yotadi. Bozor kunlari buvim bir so’mlik, hatto bundan ham ortiqqa sotib kelar va shu arzimagan ish bilan ham ancha pul topsa bo’lar ekan deb ajablanar edi. Qushlarni qafasga solmoq han yaxshi emas, bu ishingni qo’y, Alyosha!
(M.Gorkiydan)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|