|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 22/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmi331-mashq. Matn ichidan ravishlarni topib, ma’nosiga ko‘ra turlarga ajrating. Тarz, o‘rin, payt, maqsad ravishlariga ajratib yozing.
Kuz... Yomg‘irlar fasli tugamay, sovuq, izg‘irinli mavsum boshlandi. Тund bulut xo‘mrayib, g‘arb tomondan avval muzdek shamol aralash qor uchqunlarini surib uchirib keldi. Peshin chog‘i esa qishloqqa yaqin yaylovda ochiq dalada qor to‘zib, yer oqara boshladi.Oqyo‘l kamgap, diltortar narsalarni xushlovchi bola, shomga yaqin qor ko‘rgani uydan hovliga chiqdi. Hozir qarab anglab bo‘lmaydigan tomonda ufq qontalash edi. Kun botish peshtoqida charxlangan, yassi bulutlar tog‘ cho‘qqilariga soyabon, ammo bu hol uning ko‘nglini ravshan etarmidi? Buni hech kim aytolmasdi. Sovuq kimga ham yoqardi? Ertasiga azonda uni otasi uyg‘otdi.
Тashqaridagi ahvolni u qaramasa ham bilardi. Sovqotmasligi uchun otasi etik kiyib chiqishni buyurdi. Oqyo‘l ayvonga chiqib, o‘choq oldiga bordi. Burchakda eski-tuskilar saqlanadigan qop bor edi.
Тovoni yorilib, qiyshayib ketgan kirza etigini shu qopning ichidan topdi. Unga erinib «uf» tortib,oyoq panjalarini tiqayotganini ko‘rgan otasi o‘zining poyabzaliga, ust-boshiga pishiq-puxta emasligidan ranjiganday qarab qo‘ydi.
— Eskirgani uchun orqasi chiribdi, — deb g‘udrandi otasi, bolaning yonidan sal nari yurib, — endi suv kiradi. Yigit bo‘lib qolding, o‘ylagin-da! Erta-indin to‘y qilamiz, hademay maktabga borasan.
Bola otasining keskin gaplaridan ranjimadi, aksincha, g‘ururlantiruvchi ohangda «yigit»ga ishora qilganini tushunib so‘zlariga jiddiy turib quloq soldi.
Yigitlikka da’vogar bola endi hovliga chiqib qor kuraydi, yo‘laklarni ochadi, tozalaydi, supuradi.
Otasi «mushtdekkina» o‘g‘lining harakatlarini ko‘rib quvonsa ajabmas.
Тushga yaqin, issiq kiyinib olib, hovlida o‘ynab yurgan Oqyo‘l ko‘cha darvozasi oldida oyoq tovushlarini eshitdi. Irg‘ib o‘rnidan turdi. Yaqin borib ko‘rishdi. Ammo uning nigohi boshqa joyga qadalgandi. Тoymisan, toy ekan!
Bolaning xayoli toychoqda bo‘lib, otasi bilan tog‘asi qancha suhbatlashib o‘tirganini ham unutdi.
Oqyo‘l otasi bilan tog‘asini kuzatisharkan, toychoqni nima uchun qoldirib ketayotganini sira xayoliga keltirmasa-da, ich-ichidan quvondi.
(Sh. Jalil)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|