|
-mashq. «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzusida munozara o‘tkazing. Nutqimizda ravishlarning ishlatilishiga diqqat qiling.
333-mashq
|
bet | 23/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmi332-mashq. «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzusida munozara o‘tkazing. Nutqimizda ravishlarning ishlatilishiga diqqat qiling.
333-mashq. Berilgan gaplardan ravishlarni toping. Unda ishlatilgan kelishik, egalik qo‘shimchalarining qanday vazifada kelganligini ayting. (O‘z ma’nosidami yoki vazifasini yo‘qotganmi?)
1. Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. 2. Is’hoq birdaniga kecha bo‘lib o‘tgan voqeani esladi. 3. Yaqinda Oqsaroy bekatida bo‘lib o‘tgan voqea hammamizni o‘ylantirib qo‘ydi. 4. Birdan eshik ochildi. Chalqanchasiga yonboshlab, bag‘rini sovuq ko‘rpaga burkab yotgan cholning ko‘zlari xira tortib qolgan, nursiz edi. 5. Otam kerza etigi qo‘njidan to‘satdan suyak dastali, dastasiga shisha ko‘zlar qadalgan pichoqni sug‘urdi. 6. Тo‘rtko‘z oyoq bosib turdi va shiddat bilan uzoqlarga —kimsasiz qir tomon chopdi.
(Sh.Jalil)
334-mashq. Quyidagi omonim qo‘shimchalarga misollar yozing. Ular ikki xil so‘z turkumini ifoda etsin.
-lab, -cha, -larcha, -da, -dan, -lar.
335-mashq. Yozuv taxtasining ikki tomoniga 2 xil gap yozing. Тarkibida ishtirok etgan ravishlarni sinonim ravishlar bilan almashtiring.
1. Yomg‘ir suvi tez oqadi. 2. Yomg‘ir suvi sekin oqadi.
336-mashq. Nuqtalar o‘rniga ravishlarni qo‘yib ko‘chiring.
HAYO
Hayo inson hayotining... hisoblanadi. Hayo, ibo komil xulqqa ega bo‘lgan kishi ruhining tafakkuri, ma’naviy timsolidir. Payg‘ambarimiz: «Hayo imondadir, imon esa jannatga eltadi»,demish.
...ayol — hayo ramzi sifatida qadrlanib kelinadi. Rivoyat qilishlaricha, o‘limga mahkum etilganlar ichida bir ayol ham bor ekan. Ularni o‘limga olib ketishayotganda ayol yo‘lda iр va igna berishlarini so‘raydi.
— Nima qilasan shu ignani? — so‘rabdi jallodlar.
— Тizzamning choki so‘kilibdi, shuni chandib olay, — debdi ayol.
— Axir, sen ... o‘lasan-ku! — debdi posbonlar
— Men ayolman, sharm-hayoyimni ... saqlashim kerak. O‘lim sari ketayotgan bo‘lsam ham, nomusim haqqi, xaloyiq ... ayolday chiqishim kerak, — debdi ayol.
Ayol xonadon ravnaqidir, chunki u oila a’zolarini tushunadi, ... bilan ish olib boradi, hayotning achchiq-chuchuklariga chidab, ... yashaydi. Bunday ayollarni xalqimiz hayoli, vafoli deb bilishgan. Shuning uchun ham o‘zbek xotin-qizlari uchun hayo asosiy fazilat bo‘lib kelmoqda. Hayotdagi har bir narsani ko‘rish, bilish uning qadr-qimmatini idrok etish, o‘ylab ish yuritish bu hayo tuyg‘usining ... tushuncha ekanligini ko‘rsatadi.
(U. Mahkamov)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-mashq. «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzusida munozara o‘tkazing. Nutqimizda ravishlarning ishlatilishiga diqqat qiling.
333-mashq
|