|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 21/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiqachongacha?, qay vaqt?
hozir, kecha, bugun, erta, keyin, doim, bultur
Qanday?, qay tarzda? sekin, tez, zo’rg’a,
qo’qqisdan
Nimauchun? Nima maqsadda? Nima sababdan?
M: ataylab, qasddan, noiloj
Qancha?,
Qay darajada?,
M: Oz, kam, qisman,
M: picha, juda, g’oyat
2-ilova
Holat ravishlari tarkibiga kirgan qo‘qqisdan, to‘satdan, birdaniga, birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini ifodalaydi.
Тo‘satdan ravishi ayrim shevalarda to‘sindan holida ham talaffuz qilinadi. Bunda u dialektal variant sanaladi.
Yoki yaqinda, uzoq ravishlari harakatning bajarilish payti yoki o‘rni ma’nolarini ifodalaydi.
Yaqinda keldi-yaqinda joylashgan so‘zlaridagi yaqinda so‘zi ikkita mustaqil leksema sanaladi.
Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‘linadi.
Hech qanday yasovchi qo‘shimchalarsiz qo‘llaniladigan ravishlarga tub ravishlar deyiladi. Masalan, qo‘qqis, doim, birpas va boshq.
Asos qismga yasovchi vositalar qo‘shib hosil qilingan ravishlarga yasama ravishlar deyiladi. Masalan, xotinchasiga, bolalarcha, mardona kabi.
Yasama ravishlar yasashga asos qismga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish yordamida yoki so‘zlarni bir-biriga qo‘shish orqali hosil qilinadi.
Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ba’zan ravish bo‘lishi mumkin. Quyidagi qo‘shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi:
-cha: yangicha, eskicha, hozircha, uningcha, shuncha, o‘zbekcha kabi
-larcha: mardlarcha, do‘stlarcha, qardoshlarcha
-lab: harflab, haftalab, tonnalab
-ona: itoatkorona, mardona, mag‘rurona
-lay (-layin): tiriklay, tiriklayin, butunlay
-n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to‘qin, ostin-ustun
Ravish yasovchi -larcha qo‘shimchasidagi -cha qismi kabi, singari ko‘makchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ular ko‘pincha almashtirib qo‘llaniladi.
Masalan, mardlarcha — mardlar kabi, yovuzlarcha — yovuzlar singari.
Shuningdek, ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi otlardagi kichraytirish-erkalash qo‘shimchasi bo‘lgan -cha bilan omonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, yosh yigitcha — yigitcha ishladi.
Bu o‘rinda -cha qo‘shimchasining omonimligi asosida leksema omonimligi vujudga kelgan: yigitcha: 1. Kichkina yigit. 2. Yigit kabi.
-cha ning bu ikki vazifasi urg‘u bilan ham farqlanadi. Kichraytirish-erkalash ma’nosini bildiruvchi -cha qo‘shimchasi urg‘u oladi. Yigitcha, qizcha, kuchukcha kabi. Ravish yasovchi –cha qo‘shimchasi esa urg‘u olmaydi. Urg‘u so‘zning bu qo‘shimchadan oldingi bo‘g‘iniga tushadi: yigitcha, xotincha, erkakcha kabi.
-cha qo‘shimchasini tushirib qoldirib, bu qo‘shimchani olgan so‘z oldidan kichkina so‘zini qo‘yish mumkin bo‘lsa, -cha qo‘shimchasi otning kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha sanaladi. Masalan, quticha — kichkina quti, uycha — kichkina uy kabi.
-cha o‘rniga -dek, kabi, singari ko‘makchilarini qo‘shish mumkin bo‘lsa, u ravish yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi. Masalan, yigitcha — yigit kabi (singari).
So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ham ravish yasash mumkin.
M a s a l a n, nari-beri, hali-beri, naridan beri, erta-indin, tez-tez, juda-juda, qadam-baqadam singari ravishlarga e’tibor bersangiz, ularda bir so‘zning takrorlanishini yoki o‘zaro ma’nodosh va zid ma’noli ikki so‘zning juft keltirilganligining guvohi bo‘lasiz. Masalan, tez-tez (bir so‘zning takrori), eson-omon (ma’nodosh so‘zlarning juftlashishi), avval-oxir, erta-kech (zid ma’noli so‘zlarjuftlashishi).
Bunday ravish qismlari o‘rtasiga yozuvda doimo chiziqcha qo‘yib yoziladi.
Mavzuni mustahkamlash bosqichida savol va topshiriqlar ,mashqlar va turli interfaol metodlardan foydalanish mumkin
1. Qanday so‘zlarga ravish deyiladi?
2. Ravishlarning qanday ma’no turlari bor?
3. Yasama ravishlar qanday vositalar yordamida yasaladi?
4. -cha qo‘shimchasining ma’nolariga misollar keltiring.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|