|
Interfaol ta’lim quyidagi tamoyillarga asoslanadi
|
bet | 17/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiInterfaol ta’lim quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Mashg’ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.
2. Guruhning tajribasi o’qituvchi (pedagog)ning tajribasidan ko’p.
3. O’quvchilar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko’ra o’zaro teng.
4. Har bir o’quvchi o’rganilayotgan muammo yuzasidan o’z fikrini aytish huquqiga ega.
5. Mashg’ulotda o’quvchi shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).
6. Bildirilgan g’oyalar o’quvchilarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) bo’lib xizmat qiladi. Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror topshirish uchun o‘qituvchi (pedagog)lar bir qator shartlarga rioya eta olishlari zarur. Ular:
Izoh: Stullar kichik va katta doira shaklida joylashtirilganda kichik doirada o‘quvchilar, katta doirada ekspert guruhi joylashadi.
Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limning quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo’llanilmoqda:
1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi”, “Blits-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va boshalar.
2. Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galeriya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k.
3. Grafik organayzerlar: “Baliq sekleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagremmasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar.
Noan’anaviy dars turlarini joriy qilish masalasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Oliy ta’lim tizimida ham zamonaviy xorijiy tajribalarni tatbiq etish borasida ayrim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, f.f.d., prof. S. Muhamedova tomonidan “Tilshunoslik asoslari” fanidan electron darslik yaratildi.
Taniqli pedagog N. P. Kapustin ta’kidlaganidek: “Dars samaradorligi deganda biz uniing har bir o’quvchining intellectual ravnaqi uchun foydaliligini tushunamiz”.11
Ayni shu muallif dars samaradorligining mezonlari sifatida bir qator ko’rsatkichlarni tavsiya etadi:
Butun dars davomida har bir o’quvchining faol fikrlash faoliyati.
O’quvchining o’zi va boshqalar faoliyatiga emotsional aloqadorligining ta’minlanganligi.
O’quvchining darsdagi bilish faoliyatining motivatsiyasi.
Butun dars davomidagi faoliyati jarayonida o’quvchining munosabati va o’z-o’zini nazorat qila olishi.
Darsda mustaqil ish va ijodiy topshiriqlarning mavjudligi.
Dars maqsadlsriga erishish.
Dars samaradorligiga erishish uchun ona tili ta’limida zamonaviy, yangi pedagogik texnologiyalarni o’qituvchilar orasida keng ommalashtirish zarurligi hech kimga sir emas.
Bugungi kunda barcha fanlarni o’qitishdagi kabi ona tili o’qitishda ham ilg’or xorijiy tajribalardan, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’limda o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishida katta o’rin va ahamiyatga ega. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” fanini o’qitishda qanday pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur, bugungi kunda ta’lim sohasi ga shiddat bilan kirib kelgan va barcha pedagoglar tomonidan samarali deb e’tirof etilayotgan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan qaysilarini qo’llasak maqsadga muvofiq bo’ladi qabilidagi savollar har bir tilshunos-pedagogni qiziqtirishi tabiiy hol, albatta.
Bugungi kunda ta’limda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosiy o’rinni egallamoqda. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko’ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilishi talab qilinmoqda. O’zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Ushbu ta’lim pedagog va talaba o’rtasidagi o’zaro munosabat hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanib, talabani qadriyat sifatida e’tirof etilishini uchun sharoit yaratadi.
Shunday qilib, shaxsga yo’nalgan ta’lim jarayonining asosiy tavsifi uning boshqa maqsadga yo’nalganligi va ishtirokchilarga boshqacha yondoshuvni ifoda etishidadir: talabalarni o’z hayotiy faoliyat usullari, o’z induvidualligini talabga javob beradigan tarzda amalga oshiruvchi o’quv jarayonining haqiqiy subyektiga, o’qituvchini esa, talaba faoliyatini tashkilotchisi, boshqaruvchisi, talabalar va madaniyat o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in, talabani madaniyatga olib kirish va undagi o’z o’rnini belgilab olishni ta’minlovchisiga aylantirishdir12.
Bugungi kunda talaba bilimini obyektiv baholash, unda aqliy operatsiyalarni bajarish layoqatini yanada rivojlantirish maqsadida nosandart testlardan foydalanish ham zamonaviy texnologiyalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Jumladan, “Hozirgi o’zbek tili” fanini o’qitish jarayonida talabalar bilimini nazorat qilishda reproduktiv, produktiv darajadagi testlar, qisman izlanishli testlar, kreativ testlar kabi darajali nazorat testlaridan foydalanishni tavsiya etamiz. O‘ylaymizki, bu xildagi testlar bilim berish samaradorligini yanada yuksaltiradi. Keyingi rejalarda sifatga oid nostandart testlardan bir nechtasini ko’rsatib o’tamiz.
Eng muhimi o‘qituvchilar interfaol metodlarni tanlashda o‘rganilayotgan mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim bo‘lgan masalaga e’tibor qaratishlari lozim. Qolaversa, interfaol metodlarni qo‘llashda talabalarning yosh, psixologik xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy tajribalari inobatga olinsa, dars samaradorligi yanada oshadi. Bu esa o‘qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka, blimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega bo‘lishni taqozo etadi13.
|
| |