|
”O’zbek tilida sifatlarning uslubiy xususiyatlari”ni o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar
|
bet | 15/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmi1.2. ”O’zbek tilida sifatlarning uslubiy xususiyatlari”ni o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim sohasida yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, ilg‘or jahon tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta’lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib, bor kuch va imkoniyatlar shu yo‘lda safarbar etilib kelinmoqda. Hozirgi kunda oliy ta’lim muasasalarida talabalarni innovatsion texnologiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘qitish oldimizga qo‘yilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida o’quv-tarbiya jarayonida interfaol uslublardan foydalanib ta’limning samaradorligiga erishishga bo’lgan qiziqish kundan-kunga kuchyib bormoqda. Interfaol ta’lim, interfaol uslublar tizimi bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi5.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol ta’lim texnologiyalarining quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum:
Innovatsion ta’lim texnologiyalari, interfaol uslubdagi darslar xorij tajribasi sifatida pedagogikaga hamda barcha fanlarning o’qitish metidikasiga kirib kelgani hech kimga sir emas. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda “innovation” – “yangilik kiritish6” degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Innovatsiyalarning ko‘rinishlari: yangi g‘oyalar, tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar, noan’anaviy yondashuvlar; odatiy bo‘lmagan tashabbuslar; ilg‘or ish uslublaridir7.
Ta’lim innovatsiyalari ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar sanaladi. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan. Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi:
Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar.
Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra: tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari.
Kelib chiqish manbaiga ko‘ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o‘zlashtirilgan innovatsiyalar.
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur8.
Shunday qilib, innovatsion va interfaol ta’lim texnologiyalari ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o‘qituvchi, talaba, talabalar guruhi, shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish, g‘oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta’lim oluvchi (o‘quvchi, talaba)ning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega. Interfaol ta’limning eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan interfaol metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda ma’lum darajada samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda9.
“Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact”(rus tilida “interaktiv”) ifodalanib, lug’aviy nuqtai nazardan “inter” – o’zaro, ikki taraflama, “act” – harakat qilmoq, ish ko’rmoq kabi ma’nolarni anglatadi.
|
| |