• VI. Ravish va sintaksis
  • V. Ravishlarning morfematik tarkibi




    Download 0,55 Mb.
    bet11/31
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #231604
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
    Bog'liq
    ravish bmi

    V. Ravishlarning morfematik tarkibi
    1. Tilshunoslikda shunday so'zlar borki, ular tarkibida uchraydigan ayrim qo'shimchalar so'zning tarkibiga singib ketgan, so'z tarkibida qotib qolgan, yaxlitlangan bo'ladi.
    Bunday so'zlar o'zak va qo'shimchalarga ajralmaydi, bitta o'zakka, bitta morfemaga teng hisoblanadi.
    2. Qo'shimchalarning bunday qotib qolish, so'z tarkibida yaxlitlanib qolish holatini, asosan, ravish va modal so'zlar tarkibida kuzatish mumkin. Jumladan:
    - tubdan, to'sadan, qo'qqisdan, rostdan, birdan, chindan. yolg'ondan, zimdan, dabdurustdan kabi ravishlar tarkibida chiqish kelishigi qo'shimchasi qotib qolgan;
    - yoppasiga, sidirg'asiga, birga kabi so'zlar tarkibida (jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qotib qolgan;
    - tezda, oldinda, orqada, yaqinda kabi so'zlar tarkibida o`rin-payt kelishigi qo`shimchasi qotib qolgan;
    - kechalari, kunduzlari, avvallari, ilgarilari kabi so'zlar tarkibida ko'plik va III shaxs
    egalik qo'shimchalari qolib qolgan.
    VI. Ravish va sintaksis
    Ravish boshqa mustaqil so'z turkumlari singari o`ziga xos sintaktik vazifa. sintaktik
    belgiga ega, ya’ni:
    1. Ravish, asosan fe’lga bog'langani uchun gapda ko'proq (hol vazifasida keladi. Ravishning har bir turi ma’no jihatdan sintaksisda holning bir turini yuzaga keltiradi.
    M: Jilg'alar sekin oqadi. (holat ravishi - vaziyat holi)
    Erta-indin rejani to'ldiramiz.(payt ravishi-payt holi)
    Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.(o'rin ravisbi - o'rin holi)
    Bo'ying sal cho`zilsin, shogirdlikka topshiraman.(daraja-miqdor ravishi -daraja-miqdor holi)
    Muattar bu taklifga noiloj ko'ndi.(sabab ravishi - sabab holi)
    Atayin siz bilan xayrlashmay ketdi.(maqsad ravishi - maqsad holi).
    2. Ba’zan ravish gapda kesim vazifasida keladi.
    M: Dangasaning vaji ko'p. Uning xarakteri tez.
    Ba’zan ravish sifatga ko'chadi, sifat xarakterida kelib predmetga va gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi.
    M: U yosh bo'lishiga qaramay kо`p kitob o'qigan.
    Eslatma:
    Ravishning asosan sintaktik vazifasi hol hisoblanadi. Sintaksisda hol kesimga to'g'ridan to'g'ri bog'lana olish-olmasligiga ko'ra 2 ga bo'linadi:
    a) mustaqil hol - to'g'ridan to'g'ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog`lanib kelgan hol;
    b) nomustaqil hol - kesim vazifasida kelmagan fe’llarga tobe bog`langan hol.
    M: Ozgina uxlab olish uchun ko'zlarini yumdi.
    Ushbu gapda holning ma’no jihatdan 2 turi bor, ya’ni daraja- miqdor holi va maqsad holi. Bunda maqsad holi to'g'ridan to'g'ri kesimga bog'langan, shuning uchun mustaqil hol sanaladi; daraja- miqdor holi esa kesimga emas, maqsad holiga bog'lanib kelgan, shuning uchun nomustaqil hol hisoblanadi.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Ravishlarning morfematik tarkibi

    Download 0,55 Mb.