|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 9/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmi4. Miqdor-daraja ravishlari
1. Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan va qancha? so’rog`iga javob bo'ladigan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladi.
2. Miqdor-daraja ravishlariga sal, picha, xivol, oz, ko'p, kam, ancha, tirnoqcha, yetarlicha, biroz, jinday, xiyla, qittak, talay, talaygina, obdon, zarracha, andak, beadad kabi so'zlar kiradi.
3. Miqdor-daraja ravishlarining ayrim so'zlari daraja oladi.
M: ozroq, ko'proq, kamroq, juda ko`p
4. Miqdor-daraja ravishlari gapda, asosan daraja-miqdor holi vazifasida keladi.
M: Chol va kampir behad sevinishibdi.
Shuningdek, miqdor-daraja ravishlari ba’zan kesim yoki sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelishi ham mumkin.
M: Shoshilgan ishning pushaymoni ko'p.
Oz so'zning o'zi yaxshi.
5. Miqdor-daraja ravishlarining ayrim so`zlari otga bog`lanib predmetning miqdor-darajasini bildirishi mumkin. Bunday paytda otlashishi, otlashgandan so`ng otga xos grammatik shakllarni qabul qilishi mumkin.
M: Kо'pni ko'rgan qari dunyoda
Baxt axtarib kо'plar о'tdilar
5. Maqsad-sabab ravishlari
Harqkat-holatning bajarilish sababi yoki yuzaga chiqish maqsadini bildirgan ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanadi.
2. Tilimizda maqsad- sabab ravishlarining miqdori u qadar ko'p emas.
3. Litsey darsligida maqsad va sabab ravishlari alohida o'rganiladi.
4.Maqsad ravishlari nima uchun? nima maqsadda? nimaga? kabi so’roqlarga javob bo'ladi.
Sabab ravishlari nima uchun? nega? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo'ladi.
Maqsad ravishlariga atay, atayin, ataylab, jo’rttaga, qasddan, azza-bazza kabi so'zlar kiradi. Sabab ravishlariga esa noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan, nochorlikdan kabilar kiradi.
6. Maqsad ravishlari sintaksisda maqsad holini, sabab ravish sabab holini yuzaga keltiradi.
M: Atayin ho'l sochiq bilan artindi. Taklifga noiloj kо'ndi.
(1-gapda maqsad ravishi maqsad holi vazifasida, 2-gapda sabab ravishi sabab holi vazifasida kelyapti)
7. Maqsad-sabab ravishlari otlashmaydi, darajalanmaydi.
Eslatma:
Boshqa mustaqil so'z turkumlari singari ravishlarda ham polisemiya (ko'p ma’nolilik) hodisasi uchraydi. Ko'p ma’noli ravishlarda ular ma’no jihatdan turlarga ajratish nisbiy bo'lib qoladi.
M: Unda-bunda biznikiga kelib ketadi. Unda-bunda osma chiroqlar ko'rindi.
1-gapda unda-bunda ravishi qachon? so'rog'iga javob bo'lib, payt ravishi;
2-gapda esa qayerda? sorog'iga javob bo'lib, o'rin ravishi sanaladi.
Yoki: Tez-tez yozmaysanmi? (holat ma’nosi)
U tez-tez biznikiga kelib turadi. (payt ma’nosi)
Yoki: Yaqinda litseyni tugatamiz. (payt ma’nosi) Uyimiz yaqinda joylashgan. (o'rin ma’nosi)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|