• 1. Holat ravishlari
  • 2.Payt ravishlari
  • 3. О`rin ravishlari
  • Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi




    Download 0,55 Mb.
    bet8/31
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #231604
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
    Bog'liq
    ravish bmi

    II. Ravishlarning ma’no turlari
    1. Ravish ma’nosiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
    1) holat ravishi; 2) payt ravishi; 3) o'rin ravishi;
    4) miqdor-daraja ravishi; 5) maqsad-sabab ravishi.
    Ravishning ma’nosiga ko'ra har bir turi sintaksisda holning ma’lum bir turini yuzaga keltiradi.
    1. Holat ravishlari
    1. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va qanday? qay holda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi.
    2. Holat ravishlariga: jim, yayov, chindan, qo`qqisdan, to`satdan, piyoda, majburan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo'rg'a, mardlarcha, qalban, rasman, tasodifan, aqlan, xayolan, mantiqan, yangicha, birin-
    ketin, asta-sekin, omon-eson, birdan singari so`zlar kiradi. 3.Holat ravishlarining ayrim so’zlari daraja oladi
    M: sekinroq, juda sekin
    4. Holat ravishlari gapda, asosan vaziyat holi (tarz holi, ravish holi) bo'lib keladi.
    M: Paxtalar qiyg'os ochildi.
    O'quvchilar birin-ketin auditoriyaga kirishdi.
    2.Payt ravishlari
    . Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib qachon? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi.
    2. Payt ravishlariga: endi, hozircha, hozirgina, so'ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz, erta-yu kech, bugun, erta, ertaga, muqaddam, hali-beri, onda-sonda, bultur, boya, ahyon, avval, keyin kabi so'zlar kiradi.
    3. Payt ravishlarining ayrim so'zlari daraja olishi mumkin.
    M: ertaroq, kechroq, avvalroq, keyinroq
    4. Payt ravishi sintaksisda payt holi bo'lib keladi.
    M: Ertaga chigit ekishni boshlaymiz.
    5. Payt ravishlarini payt otlaridan farqlay olishimiz kerak. Ularning ikkalasi ham qachon? so'rog'iga javob bo'lib, gapda payt holini yuzaga keltiradi.
    M: hozir, hamisha, doimo, ertaga, bultur - bu kabilar payt ravishlari his-di; yozda, bahorda, tongda, saharda - bu kabilar payt otlari hisoblanadi.
    ESLATMA:
    Ba’zan, goh, dam so'zlari ham payt ravishlariga mansub bo'lib bu so’zlarning o`ziga xos xususiyari shundaki, bular faqat yakka qo’llanilganda ravish turkumiga mansub bo’ladi, takror qo'llanganda esa ayiruv bog`lovchisi (takroriy bog'lovchi) hisoblanadi.
    M: U ba'zan biznikiga kelib turadi. (payt ravishi)
    Ba’zan musiqa yangraydi, ba’zan sho'x kulgi eshitiladi. (ayiruv bog'l.)
    3. О`rin ravishlari
    1. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o'rnini bildirgan va qayer? (-ga, -da, -dan)? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar o'rin ravishlari hisoblanadi.
    2. O`rin ravishlariga olg'a, ichkari, oldinda, nari, beri, nariroqda, uzoqdan, oldinda, tashqari singari so'zlar kiradi.
    3. O`rin ravishlari ham ba’zan daraja shaklini qabul qilishi mumkin.
    M: oldinroqda, nariroqda, uzoqroq
    4. O`rin ravishlari gapda o'rin holi vazifasida keladi.
    M: Bizga yaqinlashmadi, nariroqda turdi.
    5. O`rin ravishlarini o'rin otlaridan farqlay olishimiz kerak, ular o'rin ravishlari singari qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so'roqlarga javob bo'lib, o'rin holi vazifasida keladi.
    M: Buxoroga (qayerga? o'rin oti) yetib olaylik, u yog'i bir gap bo'lar.
    Ichkariga (qayerga?, o'rin ravishi) kiring, bir piyola choy iching.
    6. Oliy ta’limda u yer, u yoq, bu yer, bu yoq, hamma yer, hamma yoq kabilar ham o'rin ravishlariga kiritiladi.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi

    Download 0,55 Mb.