|
Ravish o‘zgarmas so‘z turkumi sifatida
|
bet | 5/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiRavish o‘zgarmas so‘z turkumi sifatida. Ravish – mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘z. U belgi, miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma’nosini ifodalaydi va bu jihatidan ot, sifat, songa yaqin turadi. Ulardan farqli jihati shundaki, so‘z o‘zgartiruvchi, shakl yasovchi qo‘shimcha bilan birika olmaydi. Masalan, ot ko‘plik, sifat daraja shaklini qabul qiladi. Masalan, tongda, oqshomda, kunduzlari, ko‘proq, ozroq, balandroq kabi. Ayrim til birligida uchraydigan EК, КК shakli ravishning o‘zak qismida soddalashgan, ya’ni o‘zak bilan yaxlit holga kelib qolgan: birdan, zimdan, to‘satdan, kechasi, birga. Bundan tashqari, qadimgi davrda keng iste’molda bo‘lgan -ra (jo‘nalish kelishigi) (so‘ngra, uzra), -a, (qayta, ko‘tara), -in (-un) (birin-ketin, ostin-ustun) qo‘shimchasi ham ravish tarkibida qotib qolgan.
Ravish turkumini talqin qilishda o‘zgarmaslik xususiyatini e’tiborga olish uning so‘z turkumi sifatidagi xususiyatini belgilashda qator qarama-qarshilikka nuqta qo‘yadi.
Ilmiy manba, darslik va qo‘llanmalarda eng, juda, nihoyat, g‘oyat, lang, g‘irt kabi so‘z kuchaytiruv ravishi deb qaraladi. Holbuki, bu shakllar ravish oldidan kelib, belgi ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun keyingi yillarda ayrim tadqiqotchilar bu unsurlarning ravish emasligini, chunki ravish kabi mustaqil lug‘aviy ma’nodan xoliligini ta’kidlashib, kuchaytiruv yuklamasi sirasida o‘rganish lozimligini uqtiradi.
Demak, ravishni mustaqil so’zlarning alohida bir guruhi sifatida ajratishda biz ularning o’zgarmasligi hamda yasalish tizimiga tayanamiz. Ravishning lisoniy mohiyatini quyidagicha belgilar majmuasi sifatida berishimiz mumkin:
1. Mustaqil turkumga mansublik.
2. Shaklan o’zgarmaslik.
3. Gapda hol, aniqlovchi, kesim vazifalarida kela olish.
Ravish boshqa so`z turkumlaridan faqat bitta asosiy belgi – morfologik (shaklan) o’zgarmaslik tamoyili asosida ajraladi. Qolgan ikki belgi (semantik-leksik, sintaktik) esa ravishni boshqa mustaqil STga birlashtiruvchi (integral) belgilardir.
Barcha tadqiqotlarda ravish sifatida talqin etiladigan nari, beri kabi so’zlar narida, naridan, beridan kabi shakllarga kira oladi. Shu bois bu so’zlar ravish turkumiga xos emas, chunki ular kamida ikki shaklda qo’llana oladi. Mazkur so’zlarga turli qo’shimcha shakllar qisman bo’lsa-da qo’shila oladi.
|
| |