|
Bitiruv ishining maqsad va vazifalari
|
bet | 3/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiBitiruv ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi o’zbek tilida ravishning uslubiy xususiyatlari yuzasidan ilmiy adabiyotlarda berilgan tadqiqotlar bilan talabalarni tanishtirishda ta’limning interfaol metodlaridan foydalanish yo‘llarini taklif etishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish bir qator vazifalarni bajarishni nazarda tutadi:
o‘zbek tilida ravishlarning o‘rganilish tarixi, ularning leksik–semantik guruhlari haqida ma’lumot berish;
ravish leksemalarining uslubiy xususiyatlari va ular to‘g‘risida olib borilgan tadqiqotlarni yoritish;
ravishlarining okkazional ma’nolari xususida ma’lumotlar berish;
ravish leksemalarning uslubiy ma’no qirralarini badiiy matndan olingan misollar vositasida asoslash;
bu borada olib boriladigan ma’ruza, seminar darsining ta’lim texnologiyasi va modelini tayyorlash, shu asosda DTS me’yorlariga rioya qilgan holda ma’ruza matnining namunasini tavsiya qilish;
ma’ruza yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar va test topshiriqlarini taqdim etish;
mavzu yuzasidan taqdimotlar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqib, o‘qitish tizimiga havola qilish.
Bitiruv ishining ob’ekti. Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yo’nalishlarida “Hozirgi o‘zbek tili” fani tarkibida “ravishning uslubiy xususiyatlari” modulini o’qitishda interfaol yondashuvni tadqiq qilish jarayoni.
Bitiruv ishining predmeti. “O’zbek tilida ravishlarning uslubiy xususiyatlari” modulini o’qitish mazmuni, usullari va vositalari.
Bitiruv ishini tаyyorlаshdа fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr vа nоrmаtiv-huquqiy hujjаtlаrning qisqаchа tаhlili va tavsifi: Tadqiqotning metadologik asosini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonun, ta’lim-tarbiya sohasida keying yillarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning hamda Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari, yirik tilshunos, metodist olimlarning ilmiy tadqiqotlari ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan asos vazifasini o’tadi. Shuningdek, ishni yoritishda umumlashtirish, kuzatish, tahlil va sintez, shuningdek, tizimli tahlil metodlaridan foydalanildi.
|
| |