|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 6/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiRavish LMGlari. Ravish holat, miqdor-daraja, o‘rin, payt, maqsad, sabab LMGlariga bo‘linadi.
Payt ravishi. Payt ravishi harakatning vaqti, payti, muddatini bildiradi: endi, saharlab, hali, doim, indin kabi. U gapda ko‘pincha hol, ba’zan kesim bo‘lib keladi: Bugun erta turib tongni ko‘rdim. (Uyg‘.) Bugunning hakami ertadir. (A.Xud.)
O‘rin ravishi. O‘rin ravishi harakatning yuz berish o‘rnini bildiradi: olg‘a, ilgariga, oldinga.
Eslatma. O‘rin ravishini o‘rin otidan farqlamoq kerak. Bunga o‘rin otlarining morfologik o‘zgarishi asos qilib olinadi: (atrofimiz), (o‘rtada), (o‘rtadan), (ichkarida), (o‘ngdan), (chapda), (oldida), (u yerdan) kabi.
Holat ravishi. Holat ravishi harakatning bajarilish usuli, tarzini bildiradi. Shu boisdan ular tarz-tus ravishi deb ham yuritiladi: bexosdan, astoydil, majburan, qavatma-qavat, mardlarcha, yigitlarcha.
Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi miqdoriy sifat va darajani ifodalaydi: ko‘plab, sal, qarich-qarich, arang, xiyol, yana kabi. Miqdor-daraja ravishi songa yaqinlashadi. Biroq son bilan «noaniq miqdor» belgisi ostidagi noto‘liq ziddiyatda belgili a’zo sifatida yuzaga chiqadi.
Maqsad ravishi. Fe’ldan anglashilgan harakatning maqsadini ifodalaydi: atay, atayin, ataylab, azza-bazza, jo‘rttaga, qasddan.
Sabab ravishi fe’ldan anglashilgan harakatning sababini ifodalaydi: noiloj, noilojlikdan, bekordan-bekorga, chor-nochor.
Eslatma. Boshqa turkumda bo‘lgani kabi ravishning ham ko‘p ma’noliligi ularni LMGga ajratishda qiyinchilik tug‘diradi. Masalan, nari-beri ravishi o‘rinni ham (Stollarni nari-beri surdik), holatni ham (U nari-beri nonushta qildi) ifodalaydi.
Ravishda derivatsiya. Tilshunosligimizda ravish yasalishi munozarali. Chunki ravishning asosiy qismi – asli boshqa turkumga mansub soddalashgan, yaxlitlashgan leksema. Shu boisdan aksariyat tilshunoslar ravish yasalishini inkor etishib, ravishlashish (boshqa turkum so‘zining ravishga o‘tishi) mavjudligini tan olishadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ravishlar tarkibiga diqqat qilinsa, ularda turli so‘z yasash qolipi mavjudligi ma’lum bo‘ladi: arabcha ot+an, ot+chasiga, ot+ona, ot+larcha, ot+lab kabi.
Qo‘shma ravish esa olmosh+ot (har gal, har zamon), ravish+ot (hali zamon, hali beri), son+ot (bir yo‘la, bir dam) qolipi mahsuli.
Boshqa turkumdagi takroriy so‘z ravish bo‘lishi mumkin: yuzma-yuz, quruqdan-quruq kabi.
Tilshunoslar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini -an, -ona qo‘shimchasining arabcha va tojikcha so‘z tarkibida uchrashini, -larcha, -chasiga, -lab kabining grammatik ma’no ifodalashi bilan va -iga/-siga, -chasiga kabi so‘zning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlaydi.
Ravish gapda ko‘pincha fe’lga bog‘lanib hol, otga bog‘lanib sifatlovchi vazifasida keladi. Bu ravish – UGMsining tarkibiy qismi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|