|
Bitiruv ishining ilmiy-amaliy ahamiyati
|
bet | 4/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiBitiruv ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Bitiruv loyiha ishi ravishlarning uslubiy xususiyatlari bilan bog‘liq holda olib boriladigan BMI hamda magistrlik dissertatsiyalari uchun muayyan ilmiy materiallar bera olishi bilan nazariy ahamiyatlidir. Amaliy jihatdan tadqiqot materiallaridan oliy o‘quv yurtlarida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Ona tili va adabiyot o’qitish metodikasi”, “Mutaxassislikka kirish” (“Tilshunoslikka kirish”), “Umumiy tilshunoslik” kurslarining tegishli qismlarini o‘tishda amaliy foydalanish mumkin.
Ishning tuzilishi. Bitiruv loyiha ishi kirish, olti fasldan iborat ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo’lib, jami 87 sahifani tashkil etadi.
I BOB. “O’ZBEK TILIDA SIFATLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI” MODULINING NAZARIY MASALALARI
1.1. “O’zbek tilida sifatlarning uslubiy xususiyatlari” modulining o‘rganilishi
Ravish hamisha tilshunoslikning muammoli masalasidan bo‘lib kelgan. “Turkiy tillar tarixida ravishlar mustaqil so’z turkumi sifatida eng yosh, kenjasi bo’lib, qadimgi turkiy til davridan boshlab boshqa guruhdagi so’zlar hisobidan shakllangan turkumdir. Aytish mumkinki, ravish so’z turkumi nafaqat turkiy tillarda, balki jahon tillari, xususan, Sharq tilshunosligida ham nisbatan kenja so’z turkumidir. Ravishning (arab tilshunosligida “zarf”, Yevropa tilshunosligida “adverbial” – fe’loldi so’zlar) fanda hamisha muammo bo’lib kelgan”4 ekanligi tilshunoslar tomonidan qayta-qayta ta’kidlangan.
Uni o‘rgangan olim V.V.Vinogradov «mustaqil so‘zning hech bir guruhiga sig‘may qolgan so‘z ravish turkumiga yig‘ilgan» deb haqqoniy baho bergan edi. Uning ma’no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Yevropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va g‘arb tilshunosligi ravishni ma’no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo‘lmagan belgi – o‘zgarmaslik belgisi bilan ismdan farqlaydi. Biroq o‘zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag‘ishlab yozilgan ko‘plab ilmiy adabiyot va darslikda ravishning o‘zgarmaslik tabiati inobatga olinmagan. Tilshunoslar o‘zbekcha ravishni rus tilidagi «наречие»ning muqobili sifatida talqin qilishgan, natijada, kecha, kunduz, tong, oqshom kabi payt oti, atrof, o‘rta, u yerda, bu yerda, old, orqa kabi o‘rin oti, oz, mo‘l, butun, to‘la kabi miqdor sifati, keyin, past, baland, yuqori kabi o‘rin sifati ravish turkumi doirasida o‘rganilgan.
Ravishning grammatik belgisi sifatida morfologik o’zgarmaslik va belgining belgisini ifodalash mezoni ilgari surilgan bo’lsa-da, ko’plab ilmiy ishlarda shu me’yordan chetga chiqish xollarini kuzatish mumkin. O’zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag’ishlab yozilgan o’nlab ilmiy adabiyot va darsliklarda ravishning o’zgarmaslik omiliga izchillik bilan amal qilinmaydi. Ravishlar orasida belgining belgisini ifodalovchi o’zgarmas so’zlar (qasddan, taxminan, baralla, butkul, do’stona, hamisha, andak, vijdonan, birga, mardlarcha, endi, hali, mutlaqo, aslo) bilan bir qatorda morfologik o’zgarish qobiliyatini to’la-to’kis saqlagan ko’plab ravish bo’lmagan nutqiy va lug’aviy birliklar (u yoq, bu yer, ichkari, bugun, hozir, tashqari, ko’p, atrof)ni ko’rish mumkin. Buning sababi shundaki, ravishni boshqa mustaqil turkum so’zlaridan qat’iy farqlovchi aniq ma’noviy omil yo’q. Ta’riflarda mavjud bo’lgan o’rin, payt, holat, miqdor, tarz kabi umumlashma ma’nolarni ifodalash nafaqat ravishlarga xos, balki boshqa ST ham bunday ma’nolarni ifodalay oladi. Ma’lum bo’ladiki, bu tamoyil (semantik) asosida ravishlarni ajratish mushkul. Lekin ravish mustaqil ma’noli, ya’ni eslanganda yoki so’zlovchi qo’llaganda tinglovchi xotirasida muayyan bir tushunchani gavdalantiruvchi mustaqil so’zdir. Bu so’zlar yordamchi so’zlardan farqli o’laroq har hil sintaktik, modal munosabatlarni ifodalashga emas, balki so’zlovchi va tinglovchi ongida mavjud bo’lgan ayrim tushunchalarni ifodalashga xizmat qila oladigan, shu bilan bog’liq ravishda gapda mustaqil o’rin (pozitsiya) egallay oladigan so’zlardir. Demak, ravishlarning mustaqil ma’nolilik belgisi ularni differentsial (farqlovchi) emas, balki integral (birlashtiruvchi) belgi, ravishlarni mustaqil so’zlar guruhiga kirituvchi belgidir. «Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‘zgarmas so‘z» – ravishning so‘z turkumi sifatidagi UGMsi.
|
| |