• I. Ravish so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot
  • Ravishning tuzilishiga ko‘ra turlari




    Download 0,55 Mb.
    bet7/31
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #231604
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
    Bog'liq
    ravish bmi
    10-11 Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi. Chiziqli ro’yxatlar, Islom matematika8, 14-лек, Akustikanıń tiykarǵı baǵdarları, Norimov Shahzodbek ELYuritma, iqtisodiy statistika, maqola 02 finish, Shalola, ilmiy-ommabop, лаб, Jaloliddin Rumiy, Daromadlar tengsizligi mohiyati, sabablari, o‘lchovi 1 Daromadl-fayllar.org, 3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005, F the breadboard, or add a small black wire-fayllar.org, 572- бахолаш Шаблон docx, “Klient-server” dasturlash modeli.
    Ravishning tuzilishiga ko‘ra turlari. Ravish tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab turga bo‘linadi.
    Sodda ravish bir o‘zakli bo‘ladi: bugun, indin, ertaga, ertalab.
    Murakkab ravish o‘z o‘rnida uchga bo‘linadi: a) juft ravish; b) takroriy ravish; d) qo‘shma ravish.
    Juft ravish ikki so‘zning juftlashishidan tashkil topadi: yana-tag‘in, eson-omon; ochin-to‘qin, oldinma-keyin, qishin-yozin; uzil-kesil, ura-sura, unda-bunda; ora-sira, ora-chora, ro‘y-rost, sal-pal, chala-chulpa, emin-erkin, oz-moz, huda-behuda; azza-bazza, apil-tapil, eran-qaran, o‘lda-jo‘lda.
    Takroriy ravishda bir o‘zak takrorlanadi: galma-gal, zinhor-bazinhor, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, es-es, o‘qtin-o‘qtin, ahyon-ahyonda.
    Qo‘shma ravish birdan ortiq mustaqil so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: bir yo‘la, bir muncha, bir talay; bajonudil, baholiqudrat, baqadrihol; har yili, har yoq, har dam; shu zahoti, shu asnoda.
    I. Ravish so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot
    1. Harakat-holatning. bajarilish tarzi, payti, o'rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday? qachon? qayer? qancha? singari so'roqlarga javob bo'luvchi so'zlar ravish deyiladi.
    2. Ravish, asosan, felga bog'lanib, ish-harakatning belgisini bildiradi.
    M: Avtobus sekin siljidi Qahramonlar mangu yashaydi.
    3. Ravish turkumiga oid so'zlar ba'zan predmet-hodisalarning belgisini, yoki belgining belgisini bildirishi mumkin.
    M: Picha sabr qil (ravish fe’lga bog'lanib, harakatning belgisini bildirgan)
    Otga picha yem beray. (ravish otga bog'lanib, predmetning belgisini ifodalagan)
    Yoki: bolalarcha fikrlamoq
    (ravish fe’lga bog'lanib, harakatning belgisini bildirgan)
    bolalarcha sodda
    (ravish sifatga bog'lanib, belgining belgisini bildirgan)
    Demak, ravish, asosan, fe’lga ba’zan fe’l bo'lmagan so'zlarga (jumladan, otga, sifatga) bog'lanishi mumkin.
    Ravishning asosiy morfologik xususiyatlaridan biri shundaki, ravish biror so'zga bog'lanib so'z birikmasi hosil qilganda hech qanday so’z o’zgartiruvchilarni qabul qilmaydi, ya’ni ravish fe’l bilan birikib, bitishuvli birikmani hosil qiladi.
    M: zimdan qaramoq chindan gapirmoq
    yolg'ondan so'zlamoq to'satdan kirmoq
    birga bo’lmoq tubdan о’zgartirmoq
    yoppasiga ommalashmoq tezda qaytmoq
    Bularda ravish fe’lga hech qanday grammatik vositalarsiz, ya’ni bitishuv yo'li bilan bog'lanib kelgan.
    Demak, ravish tarkibida egalik, kelishik qo'shimchalari, ya’ni turlovchi qo'shimchalar bo'lmaydi, bu qo'shimchalar qotib qolgan hisoblanadi.
    5. Ravishlar mustaqil ma’noli o’zgarmas so’zlardir. Ravishlar ma’nosi bilan ot, sifat, sonlarga yaqin turadi, lekin sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalarni qabul qila olmasligi bilan ulardan farq qiladi.
    6. Ravishning yana bir morfologik belgisi so’z yasovchi qo’shimchalarga ega ekanligi, ya’ni affiksatsiya usuli bilan yasalishi hisoblanadi.
    7. Ravish boshqa mustaqil so’z turkumlari singari ma’no va tuzilishiga ko’ra turlarga ega.

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravishning tuzilishiga ko‘ra turlari

    Download 0,55 Mb.