|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 10/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiIII. Ravishlarda darajalanish
Belgini darajalab ko'rsatish mustaqil so'z turkumlaridan, (asosan sifat) uchun xosdir.
Ravishlar morfologik jihatdan o'zgarmaydigan so'zlar hisoblanadi. Ammo ular (bazan darajalanishi, daraja shakllarini qabul qilishi mumkin. Jumladan:
- holat ravishlari: tezroq, sekinroq, juda tez
- payt ravishlari: ertaroq, kechroq, juda kech
- o'rin ravishlari: nariroq, beriroq, sal nariroqda
- daraja-miqdor ravishlari: ko'proq, ozroq, juda oz
- maqsad-sabab ravishlari darajalanmaydi.
IV. Ravishlarda otlashish
1. Ma’lumki, otlashish:
-mustaqil so'z turkumlaridan, asosan sifat va son uchun xos;
-bazan sifat va son, xarakteridagi olmoshlar otlashadi;
- fe’l shakllaridan faqat sifatdosh otlashadi;
- oliy ta’lim darsliklari bo'yicha alohida so'z turkumlari, ya’ni undov so'zlar, (faqlid so'zlar, modal ma’noli so'zlar ham ba’zan otlashishi mumkin.
2. Ravish so'z turkumi tabiatan otlashmaydi, chunki u harakat-holatning belgisini bildiradi, fe’lga bog'lanib keladi.
3. Ravishlar sifat xarakterida kelganda ya’ni otga bog'lanib kelgandagina otlashishi mumkin: bunday paytda ravish bog'lanib kelgan ot tushib qoladi, otning grammatik shakllari va sintaktik vazifasini ravish qabul qiladi.
M: Bu xabarni yetkazishga ko'plarning (ko'p odamlarning) yuragi dov bermadi.
Yoki: Ko'pni yomonlagan ko'muvsiz qolar.
4. Ravish otlashganda otga o'xshab moslashuvli va boshqaruvli birikmalarning tarkibida keladi.
M: ko'pning fikri, ko'pni ko'rmoq
5. Ravishlarning otlashishi nisbiy tushunchadir, ya’ni ravish tabiatan o'zi otlashish xususiyatiga ega emas, faqat ma’lum talablar asosidagina (ya’ni sifat xarakterida qo`llanib, otga bog'lanib kelgandagina) otlashishi mumkin.
6. Otlashish asosan daraja-miqdor ravishlari uchun xos. Oz, ko'p kabi so'zlar predmetga bog'lanib, uning miqdorini ifodalay olgani uchun otlashish xususjyatiga ega.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|