|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 13/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmi3. Juft ravishlar
1. Juft ravishlar ikki juftlashishi asos qismini juft qo'llash yo'li bilan hosil qilinadi.
2. Juft ravishlar orasida chiziqcha qo'yiladi.
3. Juft ravishlar har ikkala qismi yakka holda qo'llanishi yoki qo'llanmasligiga ko'ra 3 ga bo'linadi:
a) yakka holda qo'llanganda ikkala qismi ham ma’no anglatadigan ravishlar. Bular ma’no munosabatiga ko'ra 3 ga bo'linadi:
- qismlari o`zaro sinonim bo'lgan ravishlar.M: asta-sekin, sekin-asta, eson-omon,
- qismlari o'zaro antonim-bo'lgan ravishlarM: erta-kech, tun-kun, oz-ko'p,avval-oxir
- qismlarining ma’nolari bir-biriga yaqin (sinonim emas) bo'lgan ravishlar
M: erta-indin, unda-bunda
b) faqat bitta qismi yakka holda qo'llanganda ma’no anglatadigan ravishlar
M: dom-daraksiz, sal-pal,chala-chulpa, oz-moz, huda - behuda,
d) har ikkala qismi ma’no anglatmaydigan ravishlar
M: azza-bazza. apil-tapil, eran-qarin, o'lda-jo'lda, imi-jimida
4. Juft ravishlar sodda so'zlar bilan sinonim bo'lishi mumkin.
M: qishin-yozin - doimo, erta-kech - hamisha, bugun- erta - yaqinda
Bunda juft so'zlarda tasviriylik, ta’kid ma’nosi kuchliroq bo'ladi.
M: qishin-yozin tinmaydi jumlasi doimo tinmaydi jumlasiga nisbatan tasviriyliroq, ta’sirchanroqdir.
4. Takroriy ravishlar
1. Asos qismni takror qo'llash bilan hosil qilingan ravishlar takroriy ravishlar hisoblanadi.
2. Takroriy ravishlar orasida chiziqcha qo'yiladi.
3. Takroriy ravishlar quyidagi usullar bilan hosil bo'ladi:
a) ravishlarni takrorlash orqali
M: tez-tez, sekin-sekin, oz-oz, ko`p-ko`p, kam-kam, juda-juda, asta-asta
b) boshqa so'z turkumlarini takrorlash orqali M: gul-gul, es-es
d) ma’lum bir so'z turkumini -ma yoki -ba elementi yordamida takrorlash
orqali. Bunda -ma 1-qism oxiriga, ba- esa 2-qism boshiga qo'shiladi.
M: qo'lma-qo'l, yonma-yon, so'zma-so'z, galma-gal, ustma-ust, dam-badam, qadam-baqadam
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|