• Ravishlarda shakldoshlik, mа’nodoshlik, antonimlik, kо’p ma’nolilik
  • VIII. Ravish va yasalish hodisasi




    Download 0,55 Mb.
    bet14/31
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #231604
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
    Bog'liq
    ravish bmi

    VIII. Ravish va yasalish hodisasi
    Mustaqil so'z turkumlaridan ot, sifat, fe’l singari ravish so'z turkumi ham yasaladi va boshqa so'z turkumlarining yasalish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
    1. Ravish quyidagi so'z turkumlari uchun yasalish asosi bo'lib xizmat qila oladi:
    - ot so'z turkumining yasalishi u-n asos bo'lib xizmat qilishi mumkin
    ko'plik, ozchilik, ko'pchilik, kamchilik
    - sifat so'z turkumining yasalishi u-n asos bo'lib xizmat qilishi mumkin
    avvalgi, bugungi, oldingi, ilgarigi
    - fe’l so'z turkumining yasalishi u-n asos bo'lib xizmat qilishi mum
    M: kamay, sekinla, yaqinlash, kechik, tezlash
    - kam hollardа ravish yangi ravish so'z turkumining yasalishi uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin M: ko'pincha
    Demak, ichki (bir so'z turkumi doirasida) yasalish, asosan, qisman sifat, sanoqli hollarda ravish so'z turkumi doirasida kuzatiladi.
    2. Ravish quyidagi so’z turkumlari asosida yasalishi mumkin.
    - otdan ravish yasalishi: askarcha, o'rtoqlarcha, qishin-yozin
    - sifatdan ravish yasalishi: tiriklayin, mardona
    - sondan ravish yasalishi: bitta-bittalab
    - olmoshdan ravish yasalishi: o'zicha, butunlayin
    - fe’l shakllaridan ravish yasalishi: istagancha, uyalgansimon
    - ravishdan ravish yasalishi: ko'pincha, hozircha
    - taqlid so'zlardan ravish yasalishi: chippa, guppa
    - modal ma’noli so'zlardan ravish yasalishi: keragicha
    3. Yasama ravishlar quyidagi yo'llar bilan hosil bo'ladi:
    a) asosga yasovchi qo shimchalar qo'shish orqali; b) ikki asosni biriktirish orqali;
    d) asos qismni juft qo'llash orqali; e) asos qismni takror qo’llash orqali.
    Ravishlarda shakldoshlik, mа’nodoshlik, antonimlik, kо’p ma’nolilik
    1. M: burun 1) ot, hidlash organi 2) ot, geografiya termini 3) ravish, ilgari
    laqqa 1) ot, baliq turi 2) ravish, surishtirmasdan, osongina, paqqos
    2. Sinonimlik munosabati M: avval, ilgari, oldin, burun
    3. Ravishlar antonimlik munosabatiga ham ega.M: tez-sekin oz-ko'p, uzoq - yaqin
    4.Polisemiya hodisasi M: Majlis tez tugadi. Yomg'ir tez yog'yapti.U juda tez, qaysar odam.
    (tez so'zi 1-gapda darrov, oz vaqt ichida ma’nosini; 2-gapda katta
    sur'at bilan, jadal ma’nosini, 3-gapda esa sifatga ko'chib, jahldor,
    jizzaki ma’nosini ifodalayapti)

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




    Download 0,55 Mb.