|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 16/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiInterfaol ta’lim – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko’nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim hisoblanadi.
Interfaollik ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko’nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklaridir.
Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borishlarini ifodalaydi.
An’anaviy ta’limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o‘qituvchining tajribasi bo‘lib, bu jarayonda u yetakchilik, dominantlik qiladi, ya’ni u darsning asosiy vaqtida bilimlarni og‘zaki tarzida o‘quvchi (talaba)larga etkazib berishga intiladi. Faollik ko‘rsatish o‘qituvchigagina xos bo‘lib, o‘quvchi (talaba)lar bu vaziyatda sust tinglovchi bo‘lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o‘qituvchini tinglash, zarur o‘rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam holatlarda ruxsat etilganidagina so‘zlashdan iboratdir.
An’anaviy ta’limdagi bir tomonlamalik oliy ta’lim tizimidagi faqat ma’ruza mashg‘ulotlarida emas, seminar darslarida ham ustuvorlik qiladi. Unga ko‘ra, “etkazib beruvchi” rolida endi o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi (talaba) namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra interfaol o‘qitish “ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda echimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘quvchilar guruhi”ning o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab- quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.
Interfaol ta’lim mohiyatiga ko‘ra suhbatning “talaba – axborot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi o‘quvchi (talaba)lar tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi10.
O ‘qitishning interfaol ta’limga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda va hatto “bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi. Biroq, bunda o‘qituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega bo‘lishi talab qilinadi:
O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
I nterfaol ta’limning asosiy belgilari quyidagilardir:
Til va adabiyot ta’limiga xorijiy tajribalar va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bugungi ta’limning dolzarb masalasi sifatida kun tartibida turibdi. Ayniqsa, til ta’limida interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, amalda qo’llash masalasi birmuncha rivojlangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|