• 2. Qoshma ravishlar
  • Ravishning tuzilishiga kо'ra turlari




    Download 0,55 Mb.
    bet12/31
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #231604
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
    Bog'liq
    ravish bmi

    Ravishning tuzilishiga kо'ra turlari
    Ravish barcha mustaqil so'z turkumlari singari tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft
    va takroriy ravishlarga bo'linadi.
    1. Sodda ravishlar.
    1. Bir asosdan hosil bo'lgan ravishlarga sodda ravishlar deyiladi.
    M: tez, sekin, kо`p, oz, kат, bugun
    2. Sodda ravishlarning o'zi ikkiga bo'linadi:
    a) tub soda ravishlar; b) yasama sodda ravishlar.
    3. Tub sodda ravishlar tarkibida ravish yasovchi qo'shimchalar bo'lmaydi, ular affiksatsiya usuli bilan yasalmaydi; bunday ravishlar tarkibida shakl yasovchi qo'shimchalar bor-yo'qligi ahamiyatsiz.
    M: ozroq, kо`proq, sekingina, ertaroq
    4.Yasama sodda ravishlar affiksatsiya usuli bilan yasaladi, ularning tarkibida yasovchi qo'shimchalar bo'lishi shart. Yasama soda ravishlar, so`ng yasovchi qo`shimchalar bilan yasaladi.
    M: -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga, -lay (-layin) ravish yasovchi qo'shimchalari
    ot, sifatga qo'shilib ravish yasaydi.
    M: qahramonona, do'stona, eskicha, yangicha, erkakchasiga, bolalarcha, vijdonan, tiriklay, tiriklayin
    Litsey darsligida ravish yasovchi qo'shimcha sifatida -n, (-in, -un ) qo'shimchasi ham
    ko'rsatilgan.
    M: ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to'qin, ostin-ustun
    5. Ba’zan yasama sodda ravishlar old qo'shimchalar yordamida yasalishi mumkin.
    M: beto'xtov, bemahal, barvaqt
    2. Qo'shma ravishlar
    1. Ikki asosni biriktirish yo'li bilan hosil qilingan ravishlarga qo'shma ravishlar deyiladi.
    2. Qo'shma ravishlarning barchasi kompozitsiya usuli bilan yasalgan.
    3. Qo'shma ravishlar, asosan ajratib, ba’zan qo'shib yoziladi.
    4. Qo'shma ravishlar quyidagicha hosil bo'ladi:
    a) har so'zi bilan
    M: har kuni, har yili, har vaqt, har doim, har mahal, har yoqdan
    Bunday qo'shma ravishlar doimo ajratib yoziladi.
    b) hech so'zi bilan
    M: hech vaqt, hech mahal
    Bunday qo'shma ravishlar ham ajratib yoziladi.
    d) ravishning boshqa so'z bilan birikuvidan qo'shma ravishlar hosil bo'lishi mumkin; bunday qo'shma ravishlar ham ajratib yoziladiM: tez kunda, yaqin orada,
    e) u, bu, shu, o'sha ko'rsatish olmoshlari yer, yoq, orada, o'rtada,vaqt, payt kabi o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so'zlar b-n birga qo'llanib, qo'shma ravishlarni hosil qiladi; ular doimo ajratib yoziladi. M: u yerda, bu yerda, o'sha yerdan, u yoqda,
    f) bir so'zi ham ayrim so'zlar bilan birikib, qo'shma ravishlarni hosil qiladi. Bunday qo'shma ravishlar, odatda ajratib yoziladi.
    M: bir kuni, bir yili, bir vaqt, bir lahza, bar daqiqa
    Ba’zan bir so'zi bilan hosil qilingan qo'shma ravishlar qo'shib yozilishi mumkin.
    M: bir pas, biroz, birmuncha
    g) qo'shma ravishlar qay yoki hamma olmoshlari bilan ham hosil qilinishi mumkin.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravishning tuzilishiga kо'ra turlari

    Download 0,55 Mb.