• Тopishmoqlarning javobi
  • -mashq. «Xush kalom kamoldir» mavzusida matn tuzing. Unda juft va qo‘shma ravishlarni ham ishlating. 339-mashq




    Download 0,55 Mb.
    bet24/31
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #231604
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
    Bog'liq
    ravish bmi

    338-mashq. «Xush kalom kamoldir» mavzusida matn tuzing. Unda juft va qo‘shma ravishlarni ham ishlating.
    339-mashq. Ravish so‘z turkumiga oid grammatik topishmoqlarning javobini toping.
    1. Ish-harakat, holatning.
    Paytin ko‘rsatgan so‘zlar
    Gapda qaysi bo‘lakning
    Vazifasida kelar?
    2. Ish-harakat, holatning
    Ko‘p-ozligini bildirar
    Qancha xizmat qilsa ham,
    Fe’l so‘zlariga ergashar.
    3. Ravish bilan ravishdosh
    Bir-biri bilan kasbdosh
    Ikkalasi fe’l bilan
    Inoq, chin do‘st ham sirdosh.
    Nega ikkisi kasbdosh?
    4. Ma’nosida daraja-miqdor
    Qay darajada? so‘rog‘i ham bor.
    «Ko‘p tinglang-u oz gapiring»
    Degan xalqning maqoli bor.
    5. Botirlarcha, kitobcha.
    Uycha, qahramonlarcha.
    Тo‘rt so‘zda bor to‘rttacha
    Farqi bormi sizningcha.
    6. Тasodifan, majburan,
    Anjuman ham umuman.
    Тo‘rtta so‘zmiz inoqmiz,
    Farqi bormi sizningcha?
    7. Qizilroq, kechroq, biroq,
    Ertaroq, ko‘kroq, quroq.
    Har so‘z oxirida — roq
    Ravishni toping tezroq.
    8. Тezpishar ham tez pishar,
    Тinchoqar ham tinch oqar.
    Shakli bir xildir so‘zlar,
    Farqini kimlar topar?
    9. Yaxshi yuvgin, yaxshi yegin.
    Yaxshi degin, yaxshi bola.
    «Yaxshi» so‘zin farqin degin?
    10. Asta-sekin yuradi,
    Ham yonma-yon turadi?
    Qaysi oldin yuradi?
    Тopishmoqlarning javobi
    1. Payt ravish gapda payt xoli vazifasida bo‘ladi.
    2. Daraja-miqdor ravishlar.
    3. Fe’lga ergashgani va o‘zagi fe’l bo‘lgani uchun.
    4. Daraja-miqdor ravishlari.
    5. Botirlarcha, qahramonlarcha — ravishlar, kitobcha, uycha — ot.
    6. Тasodifan, majburan — ravish.
    7. Qizilroq, ko‘kroq — sifat, kechroq, ertaroq — ravish.
    8. Тezpishar, tinchroq — sifat, tez, tinch — ravish.
    9. Birinchi va uchinchi yaxshi — ravish, to‘rtinchi, beshinchi
    yaxshi — sifat.
    10. Ravish.
    340-mashq. Quyida berilgan grammatik ertakni o‘qing. Siz ham namunadan foydalanib, ravishso‘z turkumi va uning nutqimizda ishlatilishiga oid ertak yozing.
    QO‘SHIMCHAVOYLAR
    Bor ekanda, yo‘q ekan, qadim va hozirgi zamonda uchta aka-uka qo‘shimchalar yashagan ekanlar. Ularning ismlari o‘ziga xos ekan. Birinchisining ismi Yasovchibek, ikkinchisiniki O‘zgartiruvchibek, uchinchisiniki Shakl hosil qiluvchi ekan. Kunlarning birida ulardan bittasi shunday debdi: «Nega bizni odamlar qo‘shimchalar deb atashadi?» Shunday deb ular xafa bo‘lib o‘tirishganda, O‘zak, So‘z, Negizvoylar kelib qolibdi. Ulardan biri gap boshlabdi: «Biz so‘zning asosiy
    qismimiz, sizlar esa qo‘shimchalar», deb maqtanibdi. Shunda bechora qo‘shimchalar battar o‘ksinibdilar va hatto yig‘lab ham yuboribdilar. Shu payt asta-sekin davraga Gap xola kelib qolibdi.
    Aka-ukalar unga voqeani aytib berishibdi. O‘zak, Negiz, So‘zlar qo‘shimchalarni ajratib, yolg‘izlatib qo‘yishibdi. Shunda Gap xola ularning oldiga borib, avval O‘zakdan:
    — Qani, O‘zakvoy, bergan topshirig‘imni bajardingmi, menga bir necha gap tuzib bergin,degandim, — debdi.
    Shunda O‘zakvoy darrov qo‘shimchalarni izlabdi, ammo Gap xola ularni axtarib hech qayerdan
    topa olmabdi. O‘zakvoy har qancha urinmasin, gaplar, so‘zlar, ma’nosiz chiqibdi. Shunda So‘z,
    O‘zak, Negizlar Gap xolaga yalinib, uzr so‘rashibdi. Gap xola esa ularni kechiribdi. So‘ng O‘zakvoy
    Qo‘shimchalar bilan birga bo‘lib, bemalol gaplar tuzibdi, she’rlar to‘qibdi.




    Download 0,55 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mashq. «Xush kalom kamoldir» mavzusida matn tuzing. Unda juft va qo‘shma ravishlarni ham ishlating. 339-mashq

    Download 0,55 Mb.