|
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|
bet | 28/31 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #231604 |
Bog'liq ravish bmiUMUMIY XULОSАLАR
“Ravishning uslubiy xususiyatlari” modulini o`qitishda grafik organayzerlardan foydalanish bo`yicha olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Bugungi kun umumta’lim maktablari,kasb hunar kollejlari va akademik litseylari pedagoglari zimmasiga intelektual salohiyatini muntazam oshirish, o`qitishda samara bera oladigan innovatsion ta’lim texnologiyalarini ham mantiqan, ham tatbiqan o`rganib borish, o`qitishning yangi, davr talablariga javob bera oladigan innovatsion shakl, metod va vositalari bilan o`z vaqtida tanishish, kasbiy kompetentlik darajasi va kreativlik qobiliyatini oshira borish kabi, aniqrog`i, davrning haqiqiy o`qituvchisi bo`lish talabini qo`ymoqda.
Davr talablariga javob bera oladigan o`qituvchi dars berayotgan talabalar esa faol fikriy faoliyat, tanqidiy tafakkur, yangiliklarni izlash, yaratish, bilimlarni mustaqil ravishda o`zlashtirish istagi va qobiliyatiga ega, o`z-o`zini rivojlantirish, o`zida mustaqillik va javobgarlik xislatlarini mujassamlantira olgan, dunyo tamaddunida tengdoshlari bilan tenglasha oladigan, to`g`rirog`i, ma’nan, jismonan, aqlan kamolot sari intilayotgan yoshlar bo`lmog`i lozim.
Bu borada ta’lim tizimida innavatsion texnologiyalarning imkoniyatlari va qo`layliklari keng, ayniqsa, modul asosida o`qitishdan foydalanish samarali ekanligini tajribalar ko`rsatmoqda.
2. Innovatsion ta’lim texnologiyalari talaba shaxsining ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib, ularning dars jarayonida o`quv faoliyatining subyekti sifatida o`zliklarini takomillashtirish va namoyon eta olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini ona tili ta’limida to`g`ri va o`rinli joriy eta olish dars samaradorligini oshiradi, talabalarning ishtellektual qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Tabiiyki, bu o`qituvchidan samarali usullarini qo`llay bilish mahoratiga ega bo`lmoqlikni talab etadi.
3. Kasb hunar kollejlari va akademik litseylarning o`quv rejasida ko`rsatilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili ” fani ta’limida innovatsion ta’lim texnologiyalarining metod va usullari, tahliliy vositalaridan foydalanib mashg`ulotlarni tashkil etish o’quvchilarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Ayniqsa, “Ravishlarning uslubiy xususiyatlari” modulini o`qitishda grafik organayzerlardan o`rinli foydalanish qulay texnologiyalardan biri hisoblanadi.
Grafik organayzerlardan foydalanishning qulayligi shundaki, u auditoriyadagi barcha talabalar bilan individual, guruh yoki jamoa tarzida aniq belgilangan vaqt oralig`ida ishlash, tahlil va nazorat qilish imkonini beradi.
4. Tilshunoslik ta’limida grafik organayzerlardan o`z o`rnida foydalana olishni samarali usullardan biri sifatida baholash va o`tilajak mavzularga doir ta’limiy topshiriqlarni grafik organayzerlar asosida talabalarning imkoniyatlariga moslab tuzish, shuningdek, talaba-yoshlarda ham grafik organayzerlar asosida tuzilgan ta’limiy topshiriqlarni mustaqil bajara olish bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirish zarur.
5.BLIda tavsiya qilingan xulosalar ta’lim va tarbiya jarayonida pedagoglar tomonidan interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadli, samarali qo‘llanilishi ta’lim oluvchida muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
6. Ishimizning tavsiyalari o‘quv-bilish faolligini oshirish, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb eta oldi.
7. Globallashuv jarayonida ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish degan xulosaga kelindi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Аnnоtаtsiya bugungi glоbаl tаrаqqiyot dаvridа ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologoyalardan foydalanib dars o`tish modulini yaratish pedagoglardan yuqori malakani talab etadi
|