• Fonogrammani tayyorlovchi
  • Efirga uzatish
  • Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot
  • Asar nusxasi — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi; Asarni omma oldida namoyish etish




    Download 19,76 Kb.
    bet3/3
    Sana22.01.2024
    Hajmi19,76 Kb.
    #143410
    1   2   3
    Bog'liq
    АтамаларДокумент Microsoft Word

    Fonogramma — biron-bir ijroning, boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi, audiovizual asarga kiritilgan ovozli yozuv bundan mustasno;
    Fonogramma nusxasi — har qanday moddiy jismdagi, fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammada qayd etilgan ovozlarning hammasini yoxud bir qismini qamrab olgan fonogramma ko‘chirmasi;
    Fonogrammani tayyorlovchi — ijroning yoki boshqa ovozlarning birinchi ovozli yozuvi uchun tashabbus va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
    Xalq ijodiyoti asarlari — aniq muallifi bo‘lmagan ertaklar, qo‘shiqlar, raqslar, manzarali-amaliy san’at asarlari hamda badiiy va havaskorlik xalq ijodiyotining boshqa natijalari;
    Chop etish — asarning, ijro yozuvining yoki fonogrammaning xususiyatidan kelib chiqqan holda ommaning oqilona ehtiyojlarini qondirish uchun yetarlicha miqdorda asarning, ijro yozuvining yoki fonogrammaning nusxalarini asar muallifining, ijrochining yoki fonogrammani tayyorlovchining roziligi bilan muomalaga chiqarish;
    Efirga uzatish — asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini radio yoki televideniye, shu jumladan sun’iy yo‘ldoshlar (kabel televideniyesi bundan mustasno) orqali uzatish vositasida barchaning e’tibori uchun yuborish. Asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini sun’iy yo‘ldosh orqali efirga uzatish deganda signallarni erdagi stansiyadan sun’iy yo‘ldoshga qabul qilish va sun’iy yo‘ldoshdan signallarni uzatish tushuniladi, ular vositasida asar yoki turdosh huquqlar obyektlari, ularni omma amalda qabul qilishidan qat’i nazar, barchaning e’tiboriga yetkazilishi mumkin;
    Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot — efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish uchun tashabbus va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan hamda ularni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi shaxs;
    Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvi yoki eshittirishi — efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning o‘zi tomonidan, shuningdek uning buyurtmasi bo‘yicha va uning mablag‘lari hisobiga boshqa tashkilot tomonidan yaratilgan ko‘rsatuv yoki eshittirish;
    Huquq egasi — mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rlari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo‘rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnomada yoki ushbu qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar.
    Download 19,76 Kb.
    1   2   3




    Download 19,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asar nusxasi — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi; Asarni omma oldida namoyish etish

    Download 19,76 Kb.