• Suvning ishqoriyligi.
  • Suvning qattiqligi.
  • Suvning oksidlanuvchanligi.
  • 3-mavzu: tabiiy suvlarning umumiy kimyoviy tarkibi




    Download 247 Kb.
    bet8/20
    Sana24.03.2017
    Hajmi247 Kb.
    #2061
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    3. Suvda erigan gazlar. Umuman olganda ko'p fizik-kimyoviy omillarga bog'liq. Avvalambor, gaz moddasining tabiati, parsial bug' bosimi, harorati va boshqa omillarga juda bog'liqdir. Muayyan bir haroratda gazning suvda eruvchanligini fanda keng ma'lum bo'lgan Genri qonunini ifodalaydigan quyidagi tenglama: S ( K*R orqali baholash mumkin. Bunda S - gazning suvda eruvchanligi (ml(l); R - gazning parsial bosimi (atm); K - proporsionallik doimiyligi (xar bir gaz uchun ma'lum qiymatda bo'ladi). Mazkur tenglama vositasida muayyan haroratda 1 atm bosimda biror gaz (kislorod, azot va boshqa) ning eruvchanligini aniqlash mumkin.

    Bir qator gazlarning suvda, haroratga bog'liq holda, eruvchanligini xarakterlaydigan (tajribada aniqlangan) ma'lumot quyidagi jadvalda keltirilgan.

    5-jadval


    Suv harorati

    Eruvchanlik, mg(l

    0С

    СО2

    О2

    Н2

    0

    10

    25



    50

    100


    3350

    2310


    1450

    700


    0

    69.5

    53.7


    39.3

    26.6


    0

    7070

    5110


    3380

    1680


    0

    Suvda erigan gaz konsentrasiyasi, ya'ni erigan miqdori, shu gazning suv ustidagi gaz potensial bosimi bilan o'zaro bog'liqlikda (muvozanatda bo'lishlikka intilishi sabab) gaz - suv sistemasida uzluksiz sorbsiya-desorbsiya jarayonlari amalga oshadi. Ular asosan suvning yuza qismida bo'lib, so'ngra diffuziya jarayoni natijasida pastki qatlamlarda erigan gaz molekulasini uchratish mumkin. Albatta, havza chuqur tubida gaz miqdori nisbatan kam (Р,Т faktorlari sabab). Hayot uchun kislorod va karbonat angidridining suvda erishi muhim ahamiyatga ega. Bunda suv muhitida mavjud o'simlik va jonzodlar rivoji masalalari nazarda tutilgan, albatta.

    Kislorod gazining suvda erishidan, jonzodlar manfaatdor bo'lishidan tashqari muhitda oksidlanish jarayonlarining amalga oshishi va undagi har xil organik moddalarning oksidlanib, parchalanashi uchun jarayonlar ham ketishi uchun zarur.

    Gazlar eruvchanligi harorat, bosim va boshqa fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarga bog'liqligi uchun ham yilning turli fasllari, sutkaning turli vaqtlarida ularning suvdagi miqdori o'zgarib turadi. Shu bilan birga, gaz eruvchanligiga suvning toza va toza emas (ifloslangan)ligi ham ta'sir ko'rsatadi.



    Suvning ishqoriyligi. Suv tarkibidagi anionlar ОH-, HCО3-, CО32-, PО43-, SiО32- ва kuchsiz organik kislotalarning ayrim tuzlarining umumiy konsentrasiyasi suvning umumiy ishqoriyligi (Iu) deyiladi va bir litrdagi millimol (mmol(l) larda ifodalanadi.

    Chunki barcha ko'rsatilgan moddalar kislotalar bilan ta'sirlashadi, demak, suvning umumiy ishqoriyligi metil sarig'i indikatori bilan titrlashga sarflanadigan kislota miqdori bilan aniqlanadi. Ishqoriylikni ifodalaydigan anionlar turiga bog'liq holda gidrokarbonatli Igk (HCО3-), karbonatli Ik (CО32-), silikatli Is (SiО32-), gidratli Ig (ОH-), fosfatli If2РО4-, НРО42-, РО43-) ишқорийликка бўлинади. Умумий ишқорийлик Iu  Igk  Ik  Is  Ig  If bo'ladi.

    Tabiiy suvlarda, odatda, gidrokarbonat ionlari nisbatan ko'p miqdorda bo'ladi, shuning uchun bunday suvlar uchun Iu = Igk ifoda xarakterlidir.

    Suvning qattiqligi. Suvning qattiqligi – uning sifatini belgilaydigan ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tabiiy suvlarning qattiqligi ulardagi kalsiy va magniy tuzlarining bo'lishi bilan bog'liqdir. U Са2Q va Mg2Q ionlarining bir litr suvdagi umumiy millimol miqdori bilan ifodalanadi. Qattiqlik uch turga bo'linadi: muvaqqat, doimiy va umumiy.

    Muvaqqat (karbonatli) qattiqlik Qм, asosan, suvda kalsiy va magniy gidrokarbonatlari Са(НСО3)2 va Mg(HCО3)2 larning bo'lishligi bilan ifodalanadi, ular suv qaynatilganda erimaydigan tuzlarga aylanadi va qattiq cho'kma (quyqum) tarzida cho'kadi:

    Са(НСО3)2  СаСО3  СО2  Н2О

    Мg(НСО3)2  МgСО3  СО2  Н2О

    Doimiy (karbonatsiz) qattiqlik Qd suvdagi kalsiy va magniy xloridlari, sulfatlari, nitratlari miqdori bilan aniqlanadi, ular suv qaynatilganda ham eritmada erigan holatda qoladi.

    Suvning muvaqqat va doimiy qattiqliklarining yig'indisi umumiy qattiqlik deyiladi.

    Tabiiy suvlar umumiy qattiqligi bo'yicha: yumshoq (Qu  2); o'rtacha qattiq (Qu 210) va qattiq (Qu  10) suvlarga bo'linadi.

    Suvning oksidlanuvchanligi. Suvning oksidlanuvchanligi – suvdagi moddalar, asosan, organik maddalar va oz miqdordagi temir birikmalari, vodorod sulfid, nitritlarni oksidlash uchun talab etiladigan kislorod massasi (mg(l hisobida) bilan aniqlanadi. Uning kattaligi suvdagi organik qo'shimchalar konsentrasiyasini qiyosiy tavsiflash uchun ishlatiladi. Artezan suvlarining oksidlanuvchanligi odatda 1-3 mg(l O2 ni, toza ko'l suvlariniki – 5-8, botqoqlik suvlariniki esa – 400 mg(l O2 ni tashkil etadi. Daryo suvlarining oksidlanuvchanligi katta chegarada o'zgaradi, 60 mg(l va undan katta miqdorni tashkil qiladi.




    Download 247 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 247 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: tabiiy suvlarning umumiy kimyoviy tarkibi

    Download 247 Kb.