Texnologiya va adabiyot.Ma‘lumki, mehnat ta‘limi darslarida adabiyot fanining bog’glanishi
sezilarlidarajada namoyon bo’ladi. Chunki adabiy asarlarda mehnat tarbiyasi vamehnatsevarlik
g’oyalari ufurib turadi. Mehnat ta‘limi darslarida bulardanomilkorlik bilan foydalanish, zarur
parchalarni o’qib berish kerak. Shuningdek,mashhur shoirlar o’tmishda ustalar tomonidan yasalgan
ajoyib moslamalardan foydalanganliklarini ham eslatib o’tish mumkin.
Texnologiya va ona tili. Xayotda nutq va tilning ahamiyati nihoyatda muhimdir. Mavzularni
bayon qilishda ona tiliga mos holda ayrim atamalarning o’zbekcha shaklini ko’rsatish lozim.
16
Август 2020 16-қисм
Тошкент
Jumladan, verstakni-dastgox, remontni-ta‘mir, slesarni-chilangar, lineykani-jazbar, xolodilnikni-
sovutgich kabi o’nlab atamalarni misol qilib keltirish mumkin.
Texnologiya va tarix. Ko’hna va navqiron o’lkamiz ko’p ming yillik tarixga, madaniy merosga
ega.Barkamol avlodni tarbiyalashda tarix fani maktabdagi mehnat ta‘limi darslarida alohida
ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarni hunarga, xususan xalq hunarmandchiligiga qiziqtirishda
tarixdagi qurilish, binolarning ustalari, mohir qo’llar, zargarlar, duradgorlar, temirchilarning qilgan
ishlari bilan tanishtirish mumkin.
Texnologiya va ekologiya.Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida ish asboblari va xom
ashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish kun tartibidagi asosiy talablardan bo’lib qoldi.Shuning
uchun o’quvchilarga yog’och, metall, plastmassa kabi materiallarni berayotganda nima uchun bu
xom ashyolarni tejamkorlik bilan ishlatish zarurliginiaytib o’tish lozim.
Yuqorida aytilgan fikrlar mehnat talimidagi fanlararo uzviy bog’lanishlar ta‘lim samaradorligini
oshirishdagi muhim omil ekanligini ko’rsatadi. Bilamizki, bitta darsni birdaniga hamma fanlar bilan
bog’lab o’tib bo’lmaydi, balki o’rganiladigan mavzuga mos keluvchi tushuncha va ma‘lumotlarni
tanlab olib, zarur paytda ulardan foydalaniladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Texnologiya fani darsliklari.
2. Sharipov Sh.S, Muslimov N.A, Texnik ijodkorlik va dizayn. O’quv qo’llanma. –T: TDPU,
2011-yil
|