Август 2020 16-қисм




Download 1,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana28.11.2023
Hajmi1,43 Mb.
#106903
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
16.Texnologiya yonalishi 3 qism

Validasiya. Masofali o‘qitishning juda keng tarqalgan modeli bo‘lib, bunda ta’lim muassasalari 
masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida 
kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs va dasturlar akreditatsiyasini 
qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar 
beradi va hokazo. 
ClarolineErkin va ochiq kodli, masofaviy o‘quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini 
beruvchi Webga oriyentasiyalangan dasuriy majmua hisoblanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) 
katolik universitetining pedagogika va mul’timedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan 
foydalanish GNU (General Public License)asosida amalga oshiriladi ya’ni bepul foydalanish 
mumkin [2, 8-9]. 
Albatta, yuqorida keltirilgan masofaviy ta’lim tizimini O‘zbekiston sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
qo‘llab bo‘lmaydi, biroq andoza olish mumkin. Umuman, ta’limni har tomonlama rivojlantirish 
borasida mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham bir qotor g‘oyalarni ilgari surib
shunday fikrlarni bayon etganlar: «O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad 
qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilmma’rifat va innovasiya bilan erisha 
olamiz... Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini 
egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini 
beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda»
1

Mamlakatimizda masofaviy ta’limdan o‘rinli foydalanib, quyidagilarga erishish imkoniyatlariga 
ega bo‘lamiz: ishdan ajralmagan holatda malaka oshirish hamda kasbiy-amaliy faoliyatda uni 
mustahkamlab borish; malaka oshirish jarayonida parallel boshqa ta’lim muassasalari ta’lim 
oluvchilari bilan malaka, ma’lumot va tajriba almashish; mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini 
oshirish bilan bir qatorda kompyuter savodxonligini oshirishga ehtiyojning paydo bo‘lishi; 
axborotlar bilan ishlash kompetensiyasiga mustaqil ega bo‘lib borish va shu kabilar. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 
2020-yil, 24-yanvar. 
2. Raximov O.D., Turg‘unov O.M., Mustafayev Q.O. Oliy ta’limda masofaviy o‘qitishni 
tashkil etish. Uslubiy qo‘llanma. – Qarshi, 1012, 56 bet. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil, 24-yanvar


15

Download 1,43 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Download 1,43 Mb.
Pdf ko'rish