• Kalit so’zlari
  • Август 2020 16-қисм




    Download 1,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/24
    Sana28.11.2023
    Hajmi1,43 Mb.
    #106903
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
    Bog'liq
    16.Texnologiya yonalishi 3 qism

    Август 2020 16-қисм
    Тошкент
    TEXNOLOGIYA DARSLARIDA FANGA OID KOMPETENSIYALARNI 
    SHAKLLANTIRISH
    Yusupaliyev Nematjon Adilovich
    Andijon viloyati Andijon shahar
    29-o’rta ta’lim maktabi Texnologiya fani o’qituvchisi
    +998945620028
    Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim fanlarini o’qitishda zamonaviy metodlar 
    yaratish hamda texnologiya darslarida o’quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga 
    doir fikrlar yuritilgan.
    Kalit so’zlari: texnologiya, kompetensiya, zamonaviy metodologiya, elektrotexnika.
    Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
    to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim fanlarini 
    o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy 
    o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, 
    o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ishlari 
    keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. 
    Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, 
    “Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan 
    takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining 
    uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo‘lda hech narsani ayamaymiz. Ta’lim va tarbiya tizimining 
    barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish”dan iboratdir.
    Bugungi kunda ta’limda bo‘layotgan islohot va o‘zgarishlar o‘quvchilarda nafaqat ta’limiy, 
    balki hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat ta’lim standartlari olimlar, 
    metodistlar va tajribali o‘qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar tomonidan ishlab chiqildi, 
    takomillashtirilib, bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda. 
    O‘quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, 
    dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga ishlov berish usullarini 
    o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, 
    ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, 
    ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish 
    ko‘zda tutilgan. 
    O‘quvchilarda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarida 
    belgilangan malaka talablari – tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish, ta’lim 
    sifatiga erishish va uni rivojlantirish, xorij tajribasini o‘rganish, hamda o‘zaro tajriba almashish, 
    maktab o‘quvchilarining kasbiy mahoratini doimiy va uzluksiz ravishda oshirib borishni talab 
    etadi.
    Jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar asosida umumiy o‘rta ta’lim 
    mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni keskin ortib borishi, erkin bozor munosabatlariga va 
    xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini 
    keng joriy qilishda o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi, ta’lim 
    va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etilayotganligini inobatga olgan holda 
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Mehnat ta’limi” fani nomi “Texnologiya” fani deb 
    o‘zgartirildi hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqib ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarga asoslangan 
    holda ishlab chiqildi. Texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 
    5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitilishi belgilandi. 
    5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlariga yangidan “Polimer 
    materiallarga ishlov berish texnologiyasi”, “Elektronika asoslari” va “Ro‘zg‘orshunoslik asoslari” 
    bo‘limlari kiritilib, mavjud bo‘limlardagi mavzular qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirildi. 
    O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari 
    ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch va fanga oid 
    kompetensiyalar shakllantiriladi. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda fanga oid 
    kompetensiyalar qanday shakllantiriladi? degan savol bugungi kunda har o‘qituvchi o‘ylantirishi 


    12

    Download 1,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




    Download 1,43 Mb.
    Pdf ko'rish