|
Август 2020 16-қисмBog'liq 16.Texnologiya yonalishi 3 qismАвгуст 2020 16-қисм
Тошкент
MASOFAVIY TA’LIM – TA’LIM JARAYONINING ZAMONAVIY SHAKLI SIFATIDA
Abdinazarova Shaxnoza
Navoiy shahar 17-umumta’lim maktab
Informatika fani o‘qituvchisi
Annotasiya. Maqolada xorij davlatlarida masofaviy ta’lim va undan mamlakatimizda masofaviy
ta’limni takomillashtirishda foydalanish, masofaviy ta’limning ahamiyati, ta’lim oluvchilar uchun
ijobiy tomonlari haqidagi fikr, ma’lumot va xulosalar beriladi.
Kalit so‘zlar: masofaviy ta’lim, global tarmoq, axborot resurslar, konsorsium, franchayzing,
validasiya, claroline.
Bugungi kunga kelib ta’lim tizimini rivojlantirish, sifat va samaradorligini oshirishga
ta’sir etuvchi bir qator omillar mavjud bo‘lib, ulardan bir turkumini axborot kommunikatsion
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘lashimiz mumkin. Axborot telekommunikatsiya
sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar, xususan, axborot texnologiyalari va Internet global kompyuter
tarmog‘ining rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi yo‘nalishlarining
ochilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, o‘quv muassasalarining texnik ta’minotini keskin o‘zgarishi,
dunyoviy axborot resurslarga keng yo‘l ochilishi o‘qitishning yangi shakl va usullaridan
foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
vositalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi - masofaviy ta’lim tizimining rivojlanishiga omil
bo‘ldi.
Masofaviy ta’limda ta’lim oluvchi va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro
maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa
texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga
asoslangan masofaviy ta’lim jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi.
Masofaviy o‘qitish barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz oshirish
imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi interaktiv rejimda mustaqil o‘quv-
uslubiy materiallarni o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita rahbarligida
nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o‘quv guruhi» ta’lim oluvchilari bilan
muloqotda bo‘lib, ular bilan o‘zaro ma’lumot, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Masofadan ta’lim olishning tinglovchilar uchun bir qator ijobiy tomonlari mavjud bo‘lib,
ulardan samarali foydalanish zarur. Masalan, masofaviy o‘qitishda turli xil axborot va
kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish mumkin. An’anaviy bosma usuliga asoslangan
o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma, darsliklar) tinglovchilarni yangi material bilan tanishtirishga
asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda
bo‘lishga, elektron pochta to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatishga, ya’ni xabarlarni jo‘natish va
qabul qilishga mo‘ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga
ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini bersa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor
almashinish ta’lim oluvchilarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitishda ulkan imkoniyatlardan
foydalanish afzalligini beradi.
Masofaviy ta’lim tizimidan bir qator rivojlangan mamlakatlar ham foydalanib, yuqori
natijalarga erishib kelmoqda. Bizdagi masofaviy ta’lim bilan xorij tajribasini taqqoslab shunga
amin bo‘lish mumkin-ki, ulardan o‘rganish zarur bo‘lgan tajribalar anchagina. Quyida xorijiy
davlatlarning ayrimlarida mavjud masofaviy ta’lim haqida ma’lumotlar berib o‘tamiz.
|
| |