|
Август 2020 16-қисмBog'liq 16.Texnologiya yonalishi 3 qismАвгуст 2020 16-қисм
Тошкент
bo’lsalar, keyinchalik jurnalisti-kaga etibor kuchaydi. So’ngroq tijoratchilik ommalashdi.
Huquqshunoslar, tib-biyot xodimlari, xisobchilarga esa barcha davrlarda xam yetarlicha
e’tibor bo’lgan. Bugungi kunga kelib esa psixolog, kompyuter dasturchiligiga qiziquvchi-lar
ko’paymoqda.
Internet ma’lumotlariga ko’ra, kelajakda eng ommaviy bo’ladigan kasblarni shartli ravishda
uch turga bo’lish mumkin. Bular – kimyogarlar, oziq – ovqat maxsulotlarini yaratish va
sifatini oshirish bo’yicha mutaxasislar, shuningdek, boshqaruv xodimlari. Dunyo bo’ylab
aholi sonining oshishi natijasida uy – joy va oziq – ovqatga bo’lgan extiyoj ortadi.
Amaldagi texnolo’giyalar bilan esa bu talablarni qondirib bo’lmaydi. Shu sababli kimyogarlarga
bo’lgan talablar kuchayib boradi. Shuningdek, ayrim mutaxasislar tezda kasbini o’zgartirishga
to’g’ri ke-ladi. Masalan, bugun ommaviy bo’lgan kasb egalari – modelyer, dizayner, distribyutor,
pro’ker va plastik jarroxlar o’z ommaviyligini yo’qotadi. Shunga qaramay, sartarosh, sanatkor,
xarbiylar, siyosatchilarga bo’lgan talab mo’tadil bo’ladi. Shu sababli bu kasblarning yo’qolib
ketish xafi yo’q.
Mutaxassislarning fikriga ko’ra, tibbiyot xodimi, marketolog, muxandis, kampyuter
dasturchilari, nanotexnologlar, elektronika va biotexnolo’giya muta-xassislari yaqin kelajakda
eng kerakli kishilar bo’ladi xamda ingliz tili yoki jahonning yetakchi tillarini bilish juda
qadrlanadi. Innavatsion kasblar bilan bir vaqtda o’qituvchi, psixolog, arxitektor, adv-akat
kabi odatiy kasblar ham hurmatda bo’ladi. Xatto bu sohalarda ish o’rni uchun kurash
ancha qat’iy tus oladi.
Kasbga yo’naltirish o’quvchilarga kasbiy malumot berish masalalari bilan, kasb tanlash
esa muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog’liqdir. Umum ta’lim maktablarida
o’quvchilarning dastlabki kasb – hunar ko’nikmalari xamda boshlang’ich kasbiy tushunchalarni
egallashi uchun quyidagi tadbirlarning amalga oshirilishi talab etiladi.
- Kasb – hunarga yo’naltirish ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish jarayonida har bir
o’quvchining o’zi uchun ongli ravishda barqaror qiziqish vujudga kelgan holda keyingi
faoliyat sohasini tanlashiga, tanlangan kasb sohasida bilimlarni o’zlashtirishiga erishish.
- Kasbga yo’naltirish ishlarini rejalashtirishda o’quvchilar egallamoqchi bo’lgan kasb –
hunar soxalari va ta’limni davom ettirish istiqbollarini etiborga olgan holda tabaqalashgan
yondashuvni joriy etish;
- O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarining yagona maqsadga yo’nal-tirilganligini
ta’minlash maqsadida shahsning qiziqish, mayl, qobiliyatlari uyg’unligini, jamiyat extiyojlari,
oila va o’quvchi shahsiy rejalarning mu-vofiqligiga erishish.
Umum ta’lim maktablarda, davlat va nodavlat tashkilotlari va muas-sasalarida kasb – hunarga
yo’naltirish ishlarini olib borish zaruriyatini davrning o’zi taqazo etmoqda. Buning negizida
o’quvchi tanlagan kasb shunchaki og’zaki, tushuncha bo’lib qolmasligi, u o’z qobiliyatlarini
yangi kasblarda sinab ko’rishi, ushbu kasblar to’g’risidagi tushuncha qanchlik to’g’ri ekanini
xolisona tekshirib ko’rishi lozim.
Ko’rinib turibdiki, ta’lim – tarbiya jarayoninning to’g’ri va maqsadli ravishda yo’lga
qo’yilishi, o’quvchilarning bilimlarini, ilm – fan asoslarini, ayniqsa, ijtimoiy foydali va unumli
mehnat bilan chambarchas bog’langan mehnat va kasbiy bilimlarni chuqur va mustahkam
egallashlari natijasidagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Texnologiya fani darsliklari.
2. N.N. Azizxo’jayeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogoik mahorat. O’zbe-kiston
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti TOSHKENT-2006
3. Sharipov Sh.S, Muslimov N.A, Texnik ijodkorlik va dizayn. O’quv qo’llanma. –T: TDPU,
2011
|
| |