• Kalit so’zlar
  • Август 2020 16-қисм




    Download 1,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/24
    Sana28.11.2023
    Hajmi1,43 Mb.
    #106903
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    16.Texnologiya yonalishi 3 qism
    Mavzu Zamonaviy kompyuterl, 5-amaliy ish(MBB), 1598348458-tuGBuNgt7qcZsW42dbFQ
    Август 2020 16-қисм
    Тошкент
    TEXNOLOGIYA FANIDA O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA 
    YO’NALTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
    Karimova Nurjon Ramatjon qizi.
    Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 
    26-son maktabining Texnologiya fani o’qituvchisi. 
    Telefon: +99 897 514 68 80
    Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchi-larning texnologiya 
    darslarini o’qitishda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda amaliy bilim va malakalarini 
    mustaqil hayotda qo’llash milliy qadriyatlarimizni shakillantirib ijtimoiy hayotda o’z o’rniga ega 
    bo’lishda muhim qadam bo’lib hisoblanadi.
    Kalit so’zlar: maktab, kasb-hunar, o’quvchi, texnologiya, yog’och, slessar.
    Mamlakatimizda ta’lim sohasida bo’layotgan o’zgarishlar, yangi qabul qilin-gan qonun va 
    farmoyishlar jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir qilishi shubxasizdir. Bu o’zgarishlar, yangi 
    qabul qilingan hujjatlar mamlakatning intelektual salohiya-tini oshirish, etuk, jahon standarti 
    talablariga javob bera oladigan kadrlar yetkazib berishda muhim omil xisoblanadi. Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimi samaradorligini oshirsh, to’plangan ilg’or tajriba va 
    tahlillardan kelib chiqib, dastur g’oyalari va qoidalari, shuningdek, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni 
    o’z vaqtida bos-qichma-bosqich takomillashtirib borish ko’zda tutilgan. Yoshlarimizni kasb – 
    hu-narga yo’naltirish va yetuk mutaxasis sifatida shakllantirish masalalariga barkamol avlodni 
    tarbiyalashning muxim omili sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu bora-dagi masalalarining 
    dolzarbligini birinchi prezidentimiz I.A. Karimov,” Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida, 
    “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning er-tangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi 
    obro’ – etibori, avvalambor farzandlarimizning unib – o’sib, ulg’aytirib, qanday inson bo’lib
    xayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir xaqiqatni hech qachon unutmasligimiz
    kerak” – deb takidlaganida ham ko’rish mumkin.
    Qolaversa, xozirgi paytda o’quvchilarni kasb – hunarga yo’naltirishga oid ko’pgina yirik, 
    nazariy va amaliy ahamiyatga moil pedagogik tadqiqotlar amalgam oshirilgan va oshirilmoqda. 
    Darslarda kasb tan-lashga yo’llash. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarni ular ustaxonalardagi 
    mashg’u-lotlarda bajaradigan ish bilan bog’liq kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi o’quv-chilar 
    yog’ochga ishlov berishni o’rganayotganlarida duradgor, yog’ochsoz, faner qoplovchi, yog’och 
    kesuvchi, rom yasovchi, tokar, parmalovchi kasblari haqida bilib oladilar. Bundan tashqari, 
    o’qituvchi korxonalarda yog’ochga qo’lda ishlov berish bilan bog’liq ixtisosliklar o’rnini 
    egallagan stanokchilar kasblari haqida ham gapirib beradi.
    O’quvchilarga ustaxonalardagi mashg’ulotlarda metallga ishlov berishni o’r-gatishda ular 
    qator slesarlik va stanokchilar kasblari: tunukachi chilangar, asbobsoz chilangar, remontchi 
    chilangar, asbobsoz chilangar, tokar, parmalovchi kasblari bi-lan tanishtiriladilar. Bundan tashqari, 
    ayrim mavzularni o’rganish davomida o’s-mirlarnnng metallga ishlov berish korxonalari ishchi 
    kasblar: termik ishlov beruv-chi, prokatlovchi, po’lat erituvchi va hokazo kasblari to’g’risidagi 
    tasavvurlarini kengaytirish mumkin.
    Zamonamiz olimlarning tadqiqotlarida o’quvchilarni kasb – hunarga yo’-naltirishga ikki
    xil yondashuvga guvox bo’lish mumkin.
    1. Jarayonli yondashuv – mexnatsevarlik, kasb – tanlashga muammosiga qiziqish ( 1 – 4 
    sinflar ); kasb – hunarga yo’naltirilganlik ( 5 – 7 sinflar ); kasbiy va yashirin kasbiy moyillik
    ( 8 – 9 sinflar ).
    2. Natijaviy yondashuv – O’z majburiyatlariga xalollik bilan munosabatda bo’lish, kasbiy
    o’rinlarda ishtirok etish, u yoki bu kasb xaqida orzu qilish ( 1 – 4 sinflar ); barqaror kasbiy
    qiziqish va mayllar, dastlabki kasb tanlash, qiziqishga ko’ra to’garaklarga qatnashish ( 5 – 7 
    sinflar ) ; anglab yetilgan kasbiy maqsad, intilish va uni amalga oshirish (8 – 9sinflar). 
    Umumiy ta’lim maktablarida o’quvchilar boshlang’ich kasbiy bilim va ko’nikmalarni
    o’zlashtirishlari mumkin. Xaqiqiy kasb tanlashda esa kasb – hu-narga yo’naltirishning
    xayotiyligi va kasb tanlashda muvaffaqiyatga erishish mumkin xisoblanadi. Bunda
    o’qituvchi, maktab psixologi davr almashgan sari kasblarning nufuzi xam o’zgarib
    borishini etiborga olishi zarur bo’ladi. Bir vaqtlar o’quvchilar kosmanavtlikni orzu qilgan 


    10

    Download 1,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1,43 Mb.
    Pdf ko'rish