Август 2020 16-қисм




Download 1,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana28.11.2023
Hajmi1,43 Mb.
#106903
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
16.Texnologiya yonalishi 3 qism
Mavzu Zamonaviy kompyuterl, 5-amaliy ish(MBB), 1598348458-tuGBuNgt7qcZsW42dbFQ
Август 2020 16-қисм
Тошкент
mumkin. Darhaqiqat, nima uchun aynan ushbu kompetensiyalar tanlanganligi haqida fikr yuritib, 
uning mazmun-mohiyatini anglab olsakgina, mazkur kompetensiyalarni o‘quvchilarda qanday 
shakllantirishimiz onson bo‘ladi. 
Birinchidan, “buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, 
texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi” – texnologiya fani bugungi kunda 
umumta’lim maktablarida 1-9-sinflar o‘qitiladi. Har bir sinflar kesimida o‘qitiladigan mazularning 
umumiy soatining 75% amaliy mashg‘ulotdan iborat bo‘lib, o‘quvchi qaysi sinfda taxsil olmasin 
u har bir darsda ma’lum bir buyumni yasash texnologiyasi bilan tanishadi. Buyumni yasashdan 
avval, bu buyum qaerda va qachon nima maqsadda ishlatilishi mumkinligini, ya’ni ishlatilishi 
sohasi, kelib chiqish tarixi, xom-ashyosi, tayyorlanish bosqichlari va turlari haqida ma’lumotga 
ega bo‘ladi. O‘quvchi ma’lumotlarga asoslangan holda uning yangi ko‘rinishini texnologik 
loyihalaydi, xom-ashyoga ishlov berish usullaridan foydalanib, buyumni dizayniga o‘zgartirish 
kiritgan holda yasaydi. 
Ikkinchidan, buyumni yasashda psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini 
bajarishdagi operatsion kompetensiyani qo‘llaydi. O‘quvchi buyum yasashda albatta muskullar 
harakatida foydalanadi. Bu esa o‘z navbatida inson miyasi tomonidan boshqariladigan harakatlarni 
ifodalaydi. Demak, o‘quvchi yubka tikishi uchun avval gazlama tanlashi, gazlaning nuqsonlari 
bor-yo‘qligini tekshirishi, tayyorlangan andazani gazlamaga to‘g‘ri joylashtirib, bichishi, chok 
turlarini to‘g‘ri tanlagan holda, bichiq bo‘laklariga texnologiya asosida ishlov berishi, yubkani 
birinchi kiydirib ko‘rishga tayyorlash, undagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishi, yubkaga 
oxirigi ishlov berish bilan birga, dazmollash qoidalariga roiya qilgan holda dazmollashi lozim. 
O‘quvchi har bir ishni bajarishda texnologik operatsiyalarni to‘g‘ri qo‘llashi va xavfsizlik 
texnikasi qoidalariga rioya qilishi kerak. Mazkur operatsiyalarni bajarishda bosh miya tomonidan 
qo‘l harakatlari ongli ravishda boshqarilishi, ishni bajarish tartibi ketma-ketlikda to‘g‘ri 
qo‘llanilishi natijasida o‘quvchi sifatli buyumni tez va oson, ijodiy yondashgan holda yasay 
oladi. Psixomotorik harakatlar oddiy, o‘rta va kompleks harakatlarga ajratiladi. Umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida oddiy va o‘rta harakatlar bajarilsa, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida bu 
harakatlar kompleks amalga oshiriladi. 
Uchinchidan, Texnologiya fani umumiy o‘rta ta’lim fanlari orasida asosiy kasb-hunarga 
yo‘naltiruvchi fan hisoblanadi. Shu sababli texnologiya faninigng har bir dars jarayonida 
o‘quvchilarga kasb-hunarlar haqida ma’lumotlar berish bilan birga ularni to‘g‘ri va ongli kasb 
tanlashga o‘rgatiladi, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olishiga zamin yaratiladi. 
Demak, o‘quvchida fanga oid kompetensiyalar shakllanishi natijasida, u o‘z hayotida kerak 
bo‘ladigan zaruriy kompetensiyalarni egalladi. 
Jumladan, o‘quvchi kundalik hayoti uchun zarur bo‘lgan salatlarni, birinchi, ikkinchi va 
parxez taomlarni, turli shirinliklarni, ichimliklar (choy: qora, ko‘k, shirchoy, shifobaxsh choy, 
qahva, sharbatlar, kompot)ni texnologiya asosida tayyorlay oladi, andaza asosida kiyimlar tikadi, 
ta’mirlaydi, ko‘rinishiga o‘zgartirish kirita oladi, ishlatilishiga yaroqsiz bo‘lgan buyumlarga 
ishlov berib, kichik hajmdagi ro‘zg‘orbop buyum yoki bolalar uchun kiyimlar tika oladi, turli xil 
buyumlarni to‘qiy oladi, dazmollash sirlarini o‘rganadi, umumiy xolda kundalik ro‘zg‘or uchun 
zarur bo‘lgan ishlarni bajarish malakalarini egallaydi. Bir so‘z bilan ayttganda, Texnologiya fani 
o‘quvchini kelajak hayotga tayyorlaydi, boshqa fanlardan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini 
hayotda qo‘llay olish layoqatini rivojlantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ishmuhammedov R “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish 
yo’llari” TDPU 2005-yil
2. Ochilov M “Yangi pedagogic texnologiyalar” Qarshi Nasaf-2000-yil.
3. R. Ishmuhammedov M.Yukdashev --Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar 
- Toshkent 2013-yil.


13

Download 1,43 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Download 1,43 Mb.
Pdf ko'rish