14
Август 2020 16-қисм
Тошкент
universitetlar bir-birlariga o‘zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta’lim xizmati
bozorida o‘zini ko‘rsatgan qandaydir universitet o‘zida ishlab
chiqqan kurslarini masofali
o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o‘qitish uchun o‘quv ashyolarini mustaqil
ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lmagan boshqa oliygoh – hamkorlariga o‘qitish huquqini berishi
mumkin. Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o‘zlarining universitetida o‘qishga
yozilib, konsorsiumga kirgan ilg‘or oliygoh talabasi kabi o‘sha hajmda va o‘sha sifatda ta’lim
xizmatlariga, o‘qishni bitirganlaridan keyin hatto diplomlariga ega bo‘ladilar.
Franchayzing
modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open
University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi
universitetlari bilan
aloqasini olish mumkin.