• Texnologiya va matematika.
  • Texnologiya va jismoniy tarbiya.
  • Август 2020 16-қисм




    Download 1,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/24
    Sana28.11.2023
    Hajmi1,43 Mb.
    #106903
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
    Bog'liq
    16.Texnologiya yonalishi 3 qism

    Texnologiya va rasm. Mehnat darslarda rasmlarning tutgan o’rni nihoyat kattadir,chunki 
    birorta detal yoki buyumni yasashdan avval uning rasmi yoki eskizi chiziladi va o’kuvchilarga 
    ko’rsatiladi. O’quvchilar ana shu rasmlar orqali o’sha detal yoki buyum to’g’risida tasavvur hosil 
    kiladilar. O’qituvchi mehnat darslarda o’quvchilarga buyumlarning texnik rasmi, eskizi, yaqqol 
    tasviri, perespektiva, rasmlarni chizishdagi ish ketma-ketligi shuningdek, ranglarni farqlash, ularni 
    mutanosib joylashtirish va shu kabilarhakida ham tushuncha berib borishga to’g’ri keladi.
    Texnologiya va matematika. Mehnat ta‘limi darslarida o’quvchilarga to’g’ri burchak, 
    perpendikulyar va parallel chiziqlar, to’g’ri burchakli uchburchak va to’g’ri to’rtburchak kabi 
    shakllarni hosil qilishga oid tushunchalar zarur bo’ladi. Bulardan tashqari, o’quvchilar mehnat 
    darslarida simmetriya o’qi, shakllarni simmetrik chizish, aylana, urinmalar o’tkazish chizg’ich, 
    go’nya, transportir, burchak o’lchagich, sirkul kabi turli asboblar yordamida detal yoki buyumlarning 
    burchaklarini, yoy markazlarini, to’g’ri va egri chiziqli boshqa o’lchamlarini aniqlashlariga to’g’ri 
    keladi. Bunday paytlarda geometriyaga oid bo’lgan ilmlar zarur bo’ladi. Shuningdek, berilgan
    buyumlarning uzunligi, eni, balandliga, yuzasi, hajmi kabi turli o’lchamlarni aniqlash, qancha 
    material vaqt sarf bo’lishini hisoblash kabi ishlarni bajarishda esa arifmetikaga oid bilimlar zarurdir.
    Texnologiya va jismoniy tarbiya. Ma‘lumki, mehnat ta‘limi darslarining asosiy qismi amaliy 
    mashg’ulotlardaniborat. SHu sababli o’quvchilarning amaliy mashgulotlarda charchab qolmasliklari 
    ko’p jihatdan ularning jismoniy chiniqishlariga bog’liqdir. Bundan mehnat va jismoniy tarbiya 
    mashg’ulotlarini o’zaro muvofiqlashtirish zarur degan oqilona xulosa kelib chiqadi. Binobarin, 
    yoshlarni jismoniy hal etiladi, ya‘ni tarbiyalash bilan ularni mehnatga tayyorlashning o’zaro 
    kompleks bog’langan masalasi unda shaxsning mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan professional 
    jismoniy xususiyatlari, harakat malakalari, ahlokiy-irodaviy va sotsial sifatlari shakllanadi.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




    Download 1,43 Mb.
    Pdf ko'rish