• 14.2. Yem-xashak tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish
  • Vitamin unlarini tayyorlash agregatlarini avtomatlashtirish.
  • -rasm. Avtomatlashtirilgan nasos stantsiyasining umumiy




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/135
    Sana31.05.2024
    Hajmi8,51 Mb.
    #258116
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135
    Bog'liq
    dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

    13.11-rasm. Avtomatlashtirilgan nasos stantsiyasining umumiy 
    ko‘rinishi. 


    153 
    14–BOB. CНORVACНILIKDA TЕXNOLOGIK JARAYОNLARNI 
    AVTOMATLASНTIRISН 
    14.1. Umumiy tushunchalar 
     
    Chorvachilik ishlab chiqish jarayonlari texnologiyasida bir qancha tipik 
    ko‘rinishdagi texnologik jarayonlar qo‘llaniladi: yem tayyorlash, tarqatish, 
    sug‘orish, muhit sharoitlarini rostlash, chiqindi suvlarni yig‘ish va chiqarib 
    tashlash, sigirlarni sog‘ish, jun qirqish va h.k. Chorva mollarining fiziomantiqiy 
    holati, og‘irligi va mahsulotdorligini nazorat qilish katta ahamiyatga ega. 
    Bu jarayonlarning yoki alohida tanlab olingan operatsiyalarning har birini 
    avtomatlashtirish maqsadida alohida mustaqil ob’ekt sifatida ko‘rib chiqilishi 
    lozim.
    Shu bilan birga barcha jarayonlarni vaqt bo‘yicha optimal ravishda boshqarish 
    yakuniy texnologik natijaga olib keladi, bu ko‘rsatgich ishlab chiqarish 
    samaradorligi bilan aniqlanadi. 
    14.2.
     
    Yem-xashak tayyorlash jarayonlarini
    avtomatlashtirish 
     
    Chorva yemlarini turlariga dag‘al yem-xashak (xashak, poxol), nam yemlar 
    (silos, qizilcha), ko‘k o‘tlar (beda) va kontsentrlashgan (aralash yemlar) va mineral 
    o‘g‘itlar aralashmasi (bo‘r, tuz, karbamid) kabilar kiradi. 
    Yemlarni yaxshi saqlanishi, transport xizmatlarini kamaytirish, yemlarni 
    yaxshi saqlanishi uchun ular qayta ishlanadi, granullanadi va briketlanadi. 
    Vitamin unlarini tayyorlash agregatlarini avtomatlashtirish. 
    Vitamin 
    unlarini tayyorlaydigan agregatlar: AVM – 0,4 (0,65), (1,5), (3,0), t/s; «Vitamin – 
    1», SB – 1,5. Yoqilgi xarajati: 210 -300 kg/t, elektr energiya xarajati – 120…150 
    kVt.s/t. Bu jarayonlarni avtomatlashtirish yuqori sifatli mahsulot yetishtirishni va 
    energiya xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. 
    AVM rusumidagi vitamin unlarini avtomatlashtirish agregatida quritish 
    jarayoni yarim avtomatlashtirilgan bo‘lib, bunda asosan haroratni avtomatik 


    154 
    boshqarish ko‘zda tutilgan. AVM rusumli agregatida yokilg‘i haroratini avtomatik 
    boshqarishning texnologik sxemasi 14.1-rasmda ko‘rsatilgan. Uning ishlash 
    printsipi kuyidagicha: Gaz haroratini ko‘tarilishi bilan harorat datchiklari 
    kontaktlari (VK) qo‘shilib, KV2 releni va ventil elektromagnitini (UA) ishga 
    tushiradi. Ventil (1) ochilib, bir qism yoqilg‘i nasos yordamida ventil orqali orqaga 
    qaytadi va forsunkaga (3) bormaydi. Natijada yonish intensivligi kamayadi va 
    harorat pasayadi. Bunda VK harorat datchigi oldingi holatiga qaytadi va KV1 rele 
    yordamida KV2 relesi orqali UA elektromagniti uchadi. Bunda nafaqat harorat
    balki chiqishdagi un namligini ham avtomatik nazorat qilish kerak bo‘ladi. 
    Qurilmada harorat 75
    o
    S da ushlab turiladi. Boshqarish sxemasi lampali va avariyali 
    tovush signalizatsiyasiga ega. 

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Avtomatlashtirilgan nasos stantsiyasining umumiy

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish